8-oktabr kuni Davlat aktivlarini boşqariş agentligi ötkazgan matbuot anjumanida Paynet tölov tizimi operatorining xususiylaştirilişi masalasi kötarildi.

Xususan, 2024-yilda davlat mulkini xususiylaştiriş töğrisidagi yangi qonun qabul qilinganiga qaramay, ayrim davlat aktivlari oçiq tenderlarsiz sotilgani, ular böyiça jamoatçilikka yetarliça axborot berilmagani yuzasidan savol berildi.

Jurnalistlar Paynet’dagi davlat uluşi sotilgani haqida kompaniya taʼsisçilari özgarganidan keyin korxona va taşkilotlar reyestridan xabar topişgani, nima sababdan xususiylaştiriş jarayoni va uning şartlari haqida rasmiy izoh berilmaganiga aniqlik kiritişni söradi.

“Paynet MÇJ bölgani uçun ustuvor sotib oliş huquqi qöllangan”

Davaktiv direktori Sohibjon Murodovning tuşuntirişiça, Paynet masʼuliyati çeklangan jamiyat şaklida faoliyat yuritgan va uni xususiylaştirişda MÇJ iştirokçilarining ustuvor sotib oliş huquqidan foydalanilgan.

“Paynet böyiça qonunçilikda belgilangan xususiylaştiriş usullaridan biri qöllangan. U masʼuliyati çeklangan jamiyat edi. Masʼuliyati çeklangan jamiyatlar töğrisidagi qonunga asosan, jamiyat iştirokçilaridan biri öziga tegişli uluşni sotmoqçi bölsa, birinçi navbatda uni boşqa uluşdorlarga yoki jamiyatning öziga sotib olişni taklif qiladi.

Bu ularning qonun bilan belgilangan ustuvorlik huquqi hisoblanadi. Paynet’dagi uluş ham aynan şu huquqdan foydalangan holda realizatsiya qilingan”, - dedi agentlik direktori.

Uning aytişiça, bunday mexanizm boşqa ayrim masʼuliyati çeklangan jamiyatlardagi davlat uluşlarini sotişda ham qöllanadi. Çunki jamiyatning mavjud iştirokçilari qonunçilikda belgilangan ustuvor sotib oliş huquqiga ega.

Murodov xususiylaştiriş usullari ilgari qonunosti normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinganini, keyinçalik esa ularning asosiy mexanizmlari bevosita qonunda belgilanganini taʼkidladi.

“Axborotni tez yetkazib bermasak, jamoatçilikda şubhalar tuğilişi tabiiy”

Davaktiv rahbari davlat aktivlarini xususiylaştirişga oid maʼlumotlarni jamoatçilikka yetkazişda kamçiliklar bölganini ham tan oldi.