Davlat aktivlarini boşqariş agentligi direktori Sohibjon Murodov 8-oktabr kungi matbuot anjumanida Özbekistondagi eng yirik sanoat loyihalaridan biri - Uzbekistan GTL zavodini xususiylaştiriş haqidagi savolga javob berdi.
Prezidentning 2025-yil 21-apreldagi PQ–145-sonli qarori bilan davlat iştirokidagi 29 ta yirik korxona aksiyalari va uluşlarini xalqaro hamda mahalliy bozorlarda ommaviy savdoga çiqariş belgilangan. Ular qatoriga “Özbekneftgaz” AJga tegişli “Uzbekistan GTL” MÇJ ham kiritilgan.
Hujjatga muvofiq, Uzbekistan GTL ustav kapitalidagi 100 foiz uluşni sotiş böyiça professional maslahatçilarni 2025-yilning uçinçi çoragida jalb etiş, ommaviy savdoni esa 2026-yilning ikkinçi çoragida eʼlon qiliş rejalaştirilgan.
Biroq belgilangan muddat ötganiga qaramay, korxonaning xususiylaştirilişi böyiça savdo jarayoni qaysi bosqiçdaligi haqida jamoatçilikka batafsil axborot berilmagan.
Anjumanda Uzbekistan GTL yirik qarz mablağlari evaziga qurilgani eslatilib, zavodning hozirgi moliyaviy körsatkiçlari, kredit majburiyatlari va qarzlarning qançasi qoplangani haqida ham savol berildi. Şuningdek, korxona xususiylaştiriladigan taqdirda uning mavjud qarz majburiyatlari qanday hal qilinişiga aniqlik kiritiş söraldi.
Davaktiv agentligi direktori Sohibjon Murodovning bildirişiça, Uzbekistan GTL’ni xususiylaştiriş böyiça konsepsiya işlab çiqilgan va jarayonga tayyorgarlik işlari boşlangan.
“GTL’ni xususiylaştiriş böyiça bizda konsepsiya bor. Uni xususiylaştiriş bosqiçi qaysidir maʼnoda boşlangan.
Xususiylaştiriş şu muddatda amalga oşiriladi degani, korxona aynan öşa muddatda sotiladi degani emas. Bu xususiylaştiriş böyiça işlar boşlanişini anglatadi.
Xususiylaştirişgaça bölgan jarayonlar bor. Korxonaning moliya-xöjalik faoliyatini auditdan ötkaziş, uning xöjalik yoki moliyaviy faoliyatiga salbiy taʼsir qilayotgan omillar bölsa, ularni bartaraf etiş kerak.
Şuningdek, xususiylaştirişdan keyin uning iqtisodiyotga, u bilan işlaydigan hamkor taşkilotlarga, mahsulot yetkazib beruvçilar yoki tovar oluvçilarga qanday taʼsir qilişi ham tahlil etiladi. Biz hozir aynan şu bosqiçdamiz.
IPO böyiça ham işlar boşlangan. IPÖda iştirok etişga qiziqiş bildirgan yirik xalqaro taşkilotlar bor. Ular bizga murojaat qilib, qaçon IPO ötkazasizlar, biz ham unda iştirok etmoqçimiz, deb söraşgan. Bu biz uçun yaxşi signal. Yaʼni IPÖga çiqadigan bölsak, GTL’ning kiçik uluşdagi aksiyalarini sotib olişga qiziquvçilar ham böladi.

















