Özaro muloqot davomida Jahongir Ortiqxöjayev Siemens kompaniyasi bilan bahorda imzolangan hamkorlik memorandumini esga olib, erişilgan kelişuvlar doirasida taraflarning aniq amaliy işlarni boşlaşga tayyorligini yana bir bora bildirgan.
Siemens kompaniyasi vitse-prezidenti Aman Karimning taşrifidan maqsad – elektr va issiqlik quvvatini işlab çiqaruvçi yangi stansiyani quriş loyihasi hamda uni amalga oşirişda bevosita iştirok etadigan kompaniyalar bilan taniştirişdan iborat, deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, taklif qilingan loyiha samaradorligi yuqori, foydali harakat koeffitsiyenti baland bölgan kombinatsiyali stansiya qurişni közda tutadi. U bir vaqtning özida ham elektroenergiyani, ham kelgusida poytaxt issiqlik ta'minoti uçun qöllaniladigan buğni işlab çiqaradi. Şu bilan birga, uskunalarning yuqori samaradorligi va yöqotişlar pasayişi hisobiga zararga işlaşga olib keladigan xarajatlardan voz keçiladi.
Aman Karimning ma'lum qilişiça, xuddi şunday stansiya 2020 yil oxirida Berlinda işga tuşirilgan. U hokimlik va mutasaddi taşkilotlar vakillarini Germaniya poytaxtiga taşrif buyurib, amalga oşirilgan loyiha haqida aniq tasavvurga ega bölişga va tajriba almaşişga taklif qildi.

Uçraşuv yakunida şahar ma'muriyatining uşbu loyihani amalga oşirişga tayyorligi ma'lum qilindi va jarayonni tezlaştiriş har jihatdan foydali bölişi ta'kidlab ötildi.








