Alimentdan 10 mln söm qarzdor bölib qolgan xorazmlik ota Toşkent şahridan topilgan va aliment pullari undirilgan.
Fuqarolik işlari böyiça Urganç tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor Yu.S.dan undiruvçi A.M. foydasiga 2 nafar farzandining moddiy ta'minoti uçun oylik iş haqi va boşqa daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undiriş belgilangan.
Biroq, MIB xodimlari qarzdorni yaşaş manzilidan topa olişmagan. Şundan söng, unga nisbatan qidiruv e'lon qilingan.
Olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida qarzdor ota Toşkent şahridan topilgan. Uning alimentdan qarzi 2021 yil 1 sentabr holatiga 10 mln sömdan ziyod ekani aniqlangan.
Qarzdorga voyaga yetmagan farzandini ta'minotsiz qoldiriş qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilişiga sabab bölişi haqida tuşuntiriş berilgan. Şundan söng u aliment pullarini tölab bergan.












