Kun.uz muxbirining ma'lum qilişiça, ayni paytda Toşkentdagi Köksaroy qarorgohida mehmon şarafiga rasmiy kutib oliş marosimi bölib ötmoqda. Dastlab ikki prezident iştirokida davlat madhiyalari yangradi, şundan söng faxriy qorovul öz hurmatini bajo qildi.  

Rasmiylarni taniştiriş marosimi bölib ötganidan söng suratga tuşiriş marosimi bölib ötdi. Tadbir davomida ikki davlat rahbarlari iştirokida tor doirada va kengaytirilgan uçraşuvlar ham ötkazilişi rejalaştirilgan.

Bölajak oliy darajali uçraşuv kun tartibiga Özbekiston va Turkmaniston örtasidagi döstlik, yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik munosabatlarini kengaytiriş va mustahkamlaş masalalari kiritilgan.

Asosiy e'tibor savdo, transport va tranzit, energetika sohalaridagi iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytiriş, sanoat, qişloq va suv xöjaligida kooperatsiya loyihalarini ilgari suriş, ikki mamlakat hududlari örtasidagi aloqalarni faollaştiriş, madaniy-gumanitar almaşinuv böyiça qöşma dasturlarni amalga oşirişga qaratilişi kutilmoqda.

Davlat rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almaşadi.