Özbekiston Taşqi işlar vazirligi xabariga köra, muloqotda tomonlar ikki mamlakatning Afğoniston yönalişidagi hamkorligini kengaytirişga qaratilgan sa'y-harakatlar, şuningdek, Afğonistondagi vaziyatni muhokama qildi.
Eron elçisi Özbekistonning Afğonistonda uzoq muddatli va barqaror tinçlikni örnatişda faol iştirokini alohida ta'kidladi.
Şuningdek, tomonlar afğon xalqiga insonparvarlik yordam körsatiş va Afğonistonga iqtisodiy kömak beriş masalalari yuzasidan fikr almaşdi.












