Kompaniya 2021 yilning III çoragidagi avtomobillar savdosi böyiça töliq hisobotni e'lon qilganiça yöq. Lekin uşbu hisobotdan örin olgan eng muhim raqamlar allaqaçon ma'lum. Sönggi uç oy davomida – iyundan sentyabrning oxirigaça 241 300 ta elektromobil sotilgan. Bu rekord avtomobil bozoridagi çiplar tanqisligi tufayli dunyo böylab savdo pasayib ketgan vaqtda qayd etilgani ayniqsa ahamiyatli.
Taqqoslaş uçun, Tesla yil boşidan buyon 367 500 dona elektromobil sotgan bölsa, şuning 66 foizi bitta çorakka töğri kelmoqda. Içki yonuv dvigateli bilan jihozlangan an'anaviy avtomobillar işlab çiqaradigan kompaniyalar, xususan, General Motors uçinçi çorakda 446 997 dona avtomobil sotgan. Körsatkiç ötgan yilning şu davriga nisbatan 33 foizga kamaygan. Tesla’ning işlab çiqariş qamrovi, omborlari, dilerlari, xizmatçilari va boşqa ruserslarini General Motors’niki bilan soliştirib bölmaydi.
Avtomobil bozoridagi beqaror davrda Tesla’ning özgaruvçan bozor şaroitlariga tez moslaşa olgani sababli elektromobil savdosida keskin ösiş kuzatildi. Çiplar tanqisligi boşlanişi bilan Tesla zudlik bilan boşqa işlab çiqaruvçilar bilan işlay boşladi va ularning mahsuloti avvalgi çiplar bilan bir xilda işlaşi uçun dasturiy ta'minotini yangiladi.












