Qaşqadaryo viloyati Mirişkor tumanida mahalladoşini piçoqlab, unga tan jarohati yetkazgan şaxsga jinoyat işi qözğatilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 2 oktabr kuni Mirişkor tumani «Yangiqişloq» MFYda yaşovçi fuqaro A.D. özaro kelişmovçilik tufayli mahalladoşi U.O.ni «Pomuq» MFYga qaraşli çöl hududida joylaşgan çaylasiga çaqirgan.

Şu kuni soat 10:30larda U.O. çaylaga kelgaç A.D. bilan özaro tortişib qolgan. Tortişuv davomida A.D. oşxona piçoği bilan raqibining çap kökrak, tomoq va boş sohalariga tan jarohati yetkazgan. Öz navbatida U.O. ham öşa atrofda turgan panşaxa bilan A.D.ga qarşilik körsatgani sababli A.D. voqea joyidan qoçib yaşiringan.

Şundan söng, U.O. qönğiroq qilib sinfdoşini yordamga çaqirgan va uning yordami bilan şifoxonaga borgan. Şifokorlar tomonidan körsatilgan tibbiy yordam natijasida U.O.ning hayoti saqlab qolingan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan A.D. Jinoyat protsessual kodeksning 221-moddasi tartibida uşlangan. Holat böyiça tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Ta'kidlanişiça, 2021 yil 5 oktyabr kuni Mirişkor tuman «Yangiqişloq» MFYda sodir etilgan mazkur jinoyat muhokamasiga bağişlangan yiğiliş bölib ötgan. Unda Mirişkor tuman IIB boşliği podpolkovnik M.Böriyev hamda sektor işçi guruhi hamda mutasaddi idoralar vakillari iştirok etgan. Muhokamada bu jinoyatni yuzaga keltirgan şart-şaroit va omillar atrofliça tahlil etilgan. Kelgusida bu kabi holatlar yuz bermasligi uçun mas'ul mutasaddilarga aniq vazifalar berilib, ular ogohlantirilgan.