Rossiyaning “Soyuz MS-19” fazoviy kemasi tarixda birinçi marta kinoijodkorlardan taşkil topgan ekipaj bilan Xalqaro koinot stansiyasiga yöl oldi. Kemada stansiyaga “Vyzov” (Çaqiruv) filmi suratga oliş guruhi a'zolari: aktrisa Yuliya Peresild va rejissyor Klim Şipenko uçgan.
Ularga fazogir Anton Şkaplerov hamrohlik qilgan. Kema Boyqönğir kosmodromidan Toşkent vaqti bilan soat 13:55 da “Soyuz-2.1a” raketasi yordamida uçirilgan.
Badiiy film kinematografiya tarixida professional aktyorlar iştirokida fazoda suratga olingan birinçi filmga aylanadi.
Bundan taşqari, birinçi marta “Soyuz” sardori kemani XKS tomon bortmuhandissiz olib borgan. Gap şundaki, hozirda kema modernizatsiya qilinib, unda sardorning bir özi orbitaga ikki noprofessional fazogirni yetkaziş imkoni paydo bölgan.
Keyinroq kema XKSning Rossiyaga tegişli segmentidagi “Rassvet” moduli bilan tutaşgani ma'lum qilingan.
Şipenko va Peresild stansiyada tarixda fazoda suratga olinadigan birinçi badiiy film ustida işlar olib borişadi. Filmda fazogirning hayotini saqlab qoliş uçun zudlik bilan fazoga yöl olişiga töğri keladigan ayol şifokor haqida söz boradi. Kinoijodkorlar stansiyada 12 kun ötkazişlari rejalaştirilgan. Ular 17 oktyabrda fazogir Oleg Novitskiy bilan birga Yerga qaytişadi.












