NASA astronavtlari Butç Uilmor va Suni Uilyams kosmosdagi töqqiz oylik safardan söng nihoyat Yerga qaytmoqda, deb yozadi BBC. Ular Xalqaro kosmik stansiyada (XKS) sakkiz kun qolişi kerak edi, biroq texnik muammolar sababli ularning missiyasi uzoq muddatga çözilib ketdi.
Uilmor va Uilyams NASA astronavti Nik Heyg hamda rossiyalik kosmonavt Aleksandr Gorbunov bilan birga SapceX kapsulasida Yerga qaytyapti. Ular 18 mart kuni Grinviç vaqti bilan 05:05 da XKSdan ajralib çiqqan va soat 21:57 da Floridaning qirğoqlari yaqiniga qönişi kutilmoqda.
Avvaliga SapceX kompaniyasining Dragon kapsulasi katta tezlikda Yer atmosferasiga kiradi, bunda uning harorati Tselsiy böyiça 1600 darajagaça qiziydi. Söng kapsula tezligi kamayib boradi va astronavtlar Yer tortiş kuçidan tört baravar katta bölgan ortiqça yuklanişga bardoş berişi kerak böladi. Nihoyat, apparat törtta yirik paraşyut yordamida okeanga yumşoq tarzda qönadi.
Suni va Butçning sayohati 2024 yil iyunda boşlangan edi. Astronavtlar Boeing kompaniyasi tomonidan yaratilgan Starliner kosmik kemasining birinçi sinovida iştirok etdi.
Kosmik stansiyaga parvoz vaqtida kapsulada qator texnik muammolar kuzatildi, şu bois astronavtlarning unda uyga qaytişi xavfli deb topildi. Ötgan yilning sentabrida Starliner Yerga ekipajsiz qaytdi. Bu esa Butç va Sunini qaytariş uçun yangi kema kerakligini anglatardi. Şuning uçun NASA sentabr oyida XKSga borgan SapceX kapsulasini tanladi.
Dragon kapsulasida stansiyaga tört nafar astronavt örniga ikki kişi uçib bordi — Butç va Suni uçun böş joy qoldirildi. Muammo şunda ediki, SapceX parvozi 6 oyga möljallangandi, natijada astronavtlarning XKSda qoliş muddati 2025 yil mart oyiga qadar çözilib ketdi.
SapceX kapsulasi 16 mart kuni ertalab tört nafar astronavtni — Enn MakKleyn va Nikol Ayyers, yaponiyalik astronavt Takui Onisi va rossiyalik kosmonavt Kirill Peskovni Xalqaro kosmik stansiyaga yetkazdi. Endi esa Yerga Butç Uilmor, Suni Uilyams, Nik Xeyg va Aleksandr Gorbunov qaytmoqda.












