"Tolibon" harakati Afğonistonning bir neça viloyatida IŞID terrorçilik guruhiga qarşi harbiy operatsiya boşladi. Bu haqda EFE agentligi xabar berdi.

Agentlikning ma'lumot berişiça, Kobul, Kunar, Nangarhor va Parvon viloyatlarida janglar bölib ötmoqda. Ayrim ma'lumotlarga köra, oxirgi vaqtda IŞID jangarilari aynan ana şu viloyatlarda faollik körsatmoqda va vaqti-vaqti bilan toliblarga qarşi hujumlar uyuştirmoqda.

"Maxsus bölinmalarimiz razvedka bilan birgalikda IŞIDga qarşi operatsiyalar ötkazmoqda. Bu harakatni yöq qiliş va uning mamlakatda tiklanişiga barham berilişini kutyapmiz", – dedi toliblar vakili Bilol Karimiy.

Uning aytişiça, operatsiyalar davomida önlab IŞID a'zolari öldirilgani va asirga olingani haqida ma'lumotlar yetib kelgan.