«Özbekiston havo yöllari» Samarqand, Urganç va Farğonadan Istanbulga parvoz qiliş vaqtlarini özgartirgan. Bu haqda aviakomaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, «Özbekiston havo yöllari» joriy yil noyabr oyidan 2022 yil mart oyigaça Samarqand, Urganç va Farğonadan Istanbul şahriga böladigan qatnovlarni yangi jadval böyiça amalga oşiradi. Yangi jadvalda qatnovlar kunduzgi vaqtga ötişi közda tutilgan.

Yangi jadvalga köra, Samarqand–Istanbul–Samarqand yönalişi böyiça qatnovlar haftada uç marta, duşanba, çorşanba va juma kunlari amalga oşiriladi.

Samarqand–Istanbul–Samarqand

  • Samarqanddan uçiş: 08:40 (Toşkent vaqti bilan);
  • Istanbulga keliş: 11:40 (Istanbul vaqti bilan);
  • Istanbuldan uçiş: 13:10 (Istanbul vaqti bilan);
  • Samarqandga keliş: 19:25 (Toşkent vaqti bilan)

Urganç–Istanbul–Urganç yönalişi böyiça haftada bir marta, seşanba kuni qatnov amalga oşiriladi.

Urganç–Istanbul–Urganç

  • Urganç şahridan uçiş: 09:30 (Toşkent vaqti bilan);
  • Istanbulga qöniş: 11:50 (Istanbul vaqti bilan);
  • Istanbuldan uçiş: 13:20 (Istanbul vaqti bilan);
  • Urganç şahriga qöniş: 19:05 (Toşkent vaqti bilan).

Farğona–Istanbul–Farğona yönalişi böyiça haftasiga ikki marta, çorşanba va şanba kunlari qatnovlar amalga oşiriladi.

Farğona–Istanbul–Farğona

  • Farğona şahridan uçiş: 08:45 (Toşkent vaqti bilan);
  • Istanbulga qöniş: 12:25 (Istanbul vaqti bilan);
  • Istanbuldan uçiş: 14:00 (Istanbul vaqti bilan);
  • Farğonaga qöniş: 20:50 (Toşkent vaqti bilan).