Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi şahar Şayxali mahallasida yaşovçi fuqarolarning şu mahallada joylaşgan terini qayta işlaydigan korxonaning havoga qölansa hid tarqatayotgani va bundan aholi ozor çekayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi mazkur murojaat yuzasidan munosabat bildirdi.

Munosabatda yozilişiça, viloyat Ekologiya boşqarmasi nazorat inspeksiyasi, atrof-muhit ifloslanişi monitoring bölimi, Qarshi şahar ekologiya nazorat inspeksiyasi tomonidan şahar hokimligi, Xalq deputatlari viloyat va şahar Kengaşi deputatlari va hududda yaşovçi fuqarolar iştirokida holat örganilgan.

Örganiş davomida aholining fikr-mulohazalari töliq tinglangan. Aholi vakillari agar atrof-muhitga qölansa hid çiqmasa korxonaning faoliyat yuritişiga qarshi emasliklarini bildirişgan. Şundan söng mas’ullar tomonidan «QARSHI LEATHER» MÇJdan çiqayotgan işlab çiqariş oqova suvlari taşlanadigan kollektor joyida örganilgan. Haqiqatan holat yaxşi emasligi aholining yaşaş tarziga, atrof-muhitga salbiy ta’siri borligi sababli vaqtinça MÇJ tomonidan 17 kilometr masofadagi kanalizatsiya quvuri ötkazilgunça korxona faoliyati töxtatilgan.

«QARSHI LEATHER» MÇJdan çiqayotgan işlab çiqariş oqova suvlari taşlanadigan kollektorni vaqtinça yopib qöyişga qaror qilingan.

Viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasining ma’lum qilişiça, 2020 yilda ham bir neça marta Şayxali mahallasi ahli Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi hamda viloyat boşqarmasiga «QARSHI LEATHER» MÇJga qaraşli korxonadan atrofga qölansa hid tarqalayotgani haqida murojaat qilgan.

Murojaatlarga asosan Qarshi şahar Koson yöli köçasida joylaşgan mazkur korxonadan çiqayotgan işlab çiqariş oqova suvlarining zarari böyiça tahlil olib borilgan. Tahlil natijalariga köra korxona çiqarayotgan oqova suvlarda atrof-muhitga çiqariladigan taşlanmalar me’yor darajasidan ortiqligi aniqlangan. MÇJ rahbariyatiga bir neça bor körsatmalar taqdim etilib, korxona faoliyatini vaqtinça töxtatiş böyiça tegişli hujjatlar rasmiylaştirilgan.

Şuningdek, MÇJga 345 million 766 ming söm atrof-muhitga yetkazilgan qoplama tölovi hisoblanib, zarar korxona hisobidan undirilgan. 2021 yilning ötgan davri mobaynida ham korxona faoliyati 4 marotaba örganilib, oqova suvlarni tozalaş uçun yangi zamonaviy texnologiyalar joriy etiş, atrof-muhitni muhofaza qilişga qaratilgan çora-tadbirlar belgilaş yuzasidan majburiy körsatma berilgan va korxona faoliyati vaqtinça töxtatilgan.