Ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil salonidan tanasini çiqarib olgan yölovçi tasvirlangan video tarqalib, keng muhokamalarga sabab böldi. Videoda yölovçi öz salomatligini xavf ostiga qöygan holda harakat vaqtida "Spark" rusumli avtomobil salonidan çiqib olgani aks etgan.
Video Toşkent şahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan örganilganda, uşbu holat 2021 yil 5 oktabr kuni soat 16:30larda, Yangihayot tumani hududida sodir bölganligi aniqlandi.
Yölovçi sifatida qoidani buzgan, 1999 yilda tuğilgan M.M.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 138-moddasi törtinçi qismi tartibida bayonnoma rasmiylaştirildi.
“Operatorlik faoliyati bilan şuğullanuvçi fuqarolardan, eng avvalo, öz salomatliklarini xavf ostiga qöymasliklarini, qoidalarga rioya qilişlarini söraymiz”, deyiladi YHXBB ma'lumotida.












