Qonunçilik palatasi deputatlari şaharsozlik sohasida qonunçilik talablariga rioya etilişini ta’minlaş va noqonuniy qurilişlarning oldini olişga qaratilgan qonun loyihasini körib çiqdi.
Hujjat bilan Şaharsozlik kodeksi hamda «Litsenziyalaş, ruxsat beriş va xabardor qiliş tartib-taomillari töğrisida»gi qonunga qator özgartiriş va qöşimçalar kiritiş nazarda tutilmoqda.
Xususan, şaharsozlik talablarini qöpol ravişda buziş, noqonuniy qurilişlarni amalga oşiriş, şuningdek, quriliş-montaj işlarini boş reja, master-reja va quriliş loyihasi talablariga zid ravişda olib borganlik uçun javobgarlik çoralari kuçaytirilmoqda.
Şuningdek, qonunçilikda belgilangan hajmdan katta imoratlar, bino va inşootlarni vakolatli organni xabardor qilmasdan quriş, rekonstruksiya qiliş yoki kapital ta’mirlaş uçun ham javobgarlikni kuçaytiriş közda tutilgan.
Qonun loyihasida Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantiriş milliy qömitasining şaharlarni kompleks rivojlantiriş sohasidagi vakolatlarini aniq belgilab qöyiş ham nazarda tutilmoqda.
Deputatlarning qayd etişiça, hujjatning qabul qilinişi şaharsozlik sohasining huquqiy asoslarini mustahkamlaş, noqonuniy qurilişlarni qisqartiriş va quriliş bozorida halol raqobat muhitini ta’minlaşga xizmat qiladi. Şu bilan birga, yer va köçmas mulk resurslaridan samarali foydalaniş uçun huquqiy mexanizmlarni takomillaştiriş közda tutilgan.
Qonun loyihasi fuqarolarning köp kvartirali uylar qurilişiga yönaltirayotgan mablağlarini himoya qiliş, şuningdek, aholi uçun urbanizatsiya tamoyillariga asoslangan xavfsiz va zamonaviy şahar muhitini şakllantirişga huquqiy zamin yaratişi kutilmoqda.
Muhokamalar yakunida qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinçi öqişda qabul qilindi.












