Islomoboddagi davlat kasalxonasida sodir bölgan yonğin kamida 14 çaqaloqning ölimi bilan yakunlandi. Qurbonlarning yaqinlari binodagi xavfsizlik çoralarini savol ostiga olmoqda.

26-avgust tongida Pokistondagi şifoxonaning tuğruq bölimida kelib çiqqan yonğin oqibatida kamida 14 nafar yangi tuğilgan çaqaloq halok böldi. Rasmiylarga köra, yonğin konditsioner blokida boşlangan. Palatadagi çaqaloqlar esa yo inkubatorlarda bölgan, yoki kislorod uskunalariga ulangan bölgan.

Uşbu fojia Islomoboddagi davlat kasalxonasining xavfsizlik çoralari böyiça bir qança savollarni keltirib çiqarmoqda.

Xususan, öz ismini oşkor qilmagan – qurbonlardan birining otasi Reutersʼga palataning ahvoli yomonligini bildirgan:

«Men sakkiz kundan beri u yerga qatnayotgandim. U binoda yonğin xavfsizligi taʼminlanmagan, tegişli çiqiş yöllari ham yöq edi. Barça eşiklar yopiq edi, bolalarimizni körişimiz uçun faqat bitta eşik oçib qöyilgan. Ular bolalarimizni juda tez-tez körişga kelamiz, deb xavotirlanib, boşqa eşiklarni qulflab qöyişgan edi», deydi ota.

2026-08-26 16.56.51
Foto: Reuters

Kasalxonaning ijroçi direktori esa BBC naşriga tuğruq bölimining eşigi qulflanmaganini, biroq çaqaloqlarni öğirlab ketiş ehtimolidan himoya qiliş uçun unga qöriqçi qöyilganini bildirdi.

Kasalxonadagi tartibsiz va dahşatli manzaralarni tasvirlagan baʼzi guvohlar qutqaruvçilarning javob harakatlari sekin bölganidan şikoyat qilişmoqda.

Ulardan biri Xurram Mahmud AFP axborot agentligiga yonğinda uç kunlik qizidan ayrilganini aytdi va qutqaruvçilarning yetib kelişi uçun soatlar ketganini taʼkidladi: «Biz yöl böyida yordam kutib ötirgan edik».

Yana bir guvoh esa yonğin «juda tez» tarqalib ketganini aytdi. U bemorlarni qutqarişga yordam beriş maqsadida kasalxonaga kirgani, biroq tuğruq bölimiga yetib bora olmaganini taʼkidladi: «Içkarini qalin qora tutun qoplagan va bemorlar qamalda qolgan edi... qutqaruv guruhlari qariyb ikki soatdan keyin yetib keldi»