Prezidentning «Özbekiston prezidentining ayrim hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş, şuningdek, ba'zilarini öz kuçini yöqotgan deb hisoblaş töğrisida»gi farmoni qabul qilindi.
Endi Maxsus iqtisodiy zonalar (MIZ) hududidagi yer uçastkalari MIZ direksiyalariga doimiy foydalaniş huquqi bilan ajratiladi va ularning tasarrufida turadi, bundan maxsus sanoat zonalarining hududlari mustasno.
Şuningdek, MIZ ma'muriy kengaşlarining qarorlari bilan ma'qullangan investitsiya buyurtmanomalarida belgilangan hajmlardagi yer uçastkalari MIZ direksiyalari tomonidan elektron onlayn-auksionga çiqariladi. Buni boşqa taşkilotlar bilan kelişiş, şu jumladan «YERELEKTRON» avtomatlaştirilgan axborot tizimiga kiritiş talab etilmaydi.
- Taklif etiladigan investitsiya buyurtmanomalarida yer uçastkasini elektron onlayn-auksionga çiqarişdagi boşlanğiç narx haqidagi hamda har yilgi ijara tölovi haqidagi taklif ham nazarda tutilişi lozim. Boşlanğiç narx hamda har yilgi ijara tölovi miqdori investitsiya buyurtmanomalarini körib çiqiş vaqtida MIZ ma'muriy kengaşlari qarori bilan belgilanadi;
- Elektron onlayn-auksion ğolibi investitsiya buyurtmanomalarida belgilangan yer uçastkasini ijaraga oliş va investitsiya bitimi tuziş huquqini qölga kiritadi, bunda yer uçastkasini ijaraga oliş şartlari investitsiya bitimida nazarda tutiladi. Elektron onlayn-auksiondan tuşgan pul mablağlari (auksionni ötkaziş xarajatlari çegirib qolingan holda), şuningdek har yilgi ijara tölovlari MIZ direksiyalariga ötkaziladi, uşbu mablağlar MIZning taşqi va içki muhandislik-kommunikatsiya hamda işlab çiqariş infratuzilmasini quriş va yaxşilaş uçun sarflanadi.
MIZ va ularning iştirokçilariga yer uçastkalarini ajratiş prezidentning 21.12.2018 yildagi PF-5600-son farmoniga muvofiq amalga oşiriladi. Kiçik sanoat zonalarini (KSZ) taşkil etiş nazarda tutilgan yer uçastkalari qonunçilikda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi. Umumiy foydalanişdagi yerlar KSZ direksiyasiga doimiy foydalaniş huquqi bilan ajratiladi.
Yer uçastkalarini realizatsiya qilişdan tuşgan pul mablağlari (Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan xarajatlar çegirib qolingan holda) KSZ direksiyalariga ötkaziladi. Uşbu mablağlar taşqi va içki muhandislik-kommunikatsiya hamda işlab çiqariş infratuzilmasini quriş va yaxşilaş uçun sarflanadi.
- KSZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oşiriş uçun yer uçastkalari qonunçilikda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali ajratiladi.
- Endi «Yaşnobod» texnoparki rezidentlariga innovatsiya işlab çiqarişini va startaplar taşkil qiliş uçun Yaşnobod tumani hududidan yer maydonlari elektron onlayn-auksion orqali ajratiladi (ilgari – Yaşnobod tumani hokimiyati tavsiyasiga köra Toşkent şahar hokimiyati tomonidan ajratilgan);
Maktabgaça ta'lim sohasida DXŞ quyidagi şakllarda ham amalga oşiriladi:
- jamoat va davlat ehtiyojlari uçun doimiy foydalanişga berilgan yer uçastkalarini, şu jumladan faoliyat yuritayotgan davlat maktabgaça ta'lim taşkilotlarining böş turgan yer uçastkalarini nodavlat maktabgaça ta'lim taşkilotlarining binolarini quriş uçun bepul asosda ijaraga beriş;
- mavjud davlat maktabgaça ta'lim taşkilotlarini rekonstruksiya qiliş va jihozlaş, keyinçalik esa ularni otaliqqa oliş şarti bilan nodavlat maktabgaça ta'lim taşkilotlari obektlarini quriş uçun bepul asosda yer maydonlarini taqdim etiş;
- konsessiya asosida rekonstruksiya qiliş va jihozlaş uçun bino ajratiş.
Davlat şerigi unga yer uçastkasi ajratilgan kundan boşlab bir kun içida yer uçastkasini DXŞ bitimi doirasida xususiy şerikka ijaraga beriş böyiça ijara şartnomasi imzolanişini ta'minlaydi.
Nodavlat maktabgaça ta'lim taşkilotlari taşkil etiş uçun nodavlat maktabgaça ta'lim taşkilotlari binolarini quriş uçun yetarli hajmda ortiqça maydonga ega bölgan işlab turgan davlat maktabgaça ta'lim taşkilotlari hududidagi yer uçastkalari taqdim etiladi. Bunda davlat şerigi, xususiy şerik va davlat maktabgaça ta'lim taşkiloti örtasida ijara şartnomasi tuziladi. Yer uçastkasini ijaraga oliş huquqi belgilangan tartibda davlat röyxatidan ötkaziladi.












