Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryolik saylovchilarga prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimov haqida kinofilm qo‘yib berildi
Kecha O‘zbekiston prezidentligiga «Adolat» sotsial-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Bahrom Abduhalimovning qashqadaryolik saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Keng jamoatchilik vakillari, mahalliy kengash deputatlari, partiya faollari va OAV vakillari qatnashgan tadbirda nomzodning ishonchli vakili Umidjon Sulaymonov saylovchilarni Bahrom Abduhalimov bilan tanishtirdi. Ma'lum qilinishicha, uchrashuvda nomzod Bahrom Abduhalimovning tarjimai holi va faoliyatini aks ettiruvchi kinofilm ham namoyish etilgan.
«Qayd etildiki, nomzodning dasturida ijtimoiy adolatni qaror toptirish, samarali xalq hokimiyati tamoyilini bosqichma-bosqich amalga oshirish, parlamentarizmni rivojlantirish, mahalliy davlat hokimiyati organlari ishini tartibga soluvchi qonunchilik bazasini mustahkamlash, davlat boshqaruvida fuqarolar ishtirokini kengaytirish, barcha jabhada jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, ilm-fanni taraqqiy ettirish hamda tashqi siyosatda ikki tomonlama manfaatlar ustuvorligini ta'minlash kabi bir qator vazifalar ilgari surilgan», – deyiladi xabarda.
Nomzod shuningdek, bolalarni ikki yoshdan boshlab bog‘chalarga qamrab olish, Darsliklar bo‘yicha ilmiy tadqiqot instituti tashkil etish haqida gapirdi.
«Adolat hayotimizning bosh mezoni shiori ostida siyosiy jarayonlarda faoliyatimizni boshladik. Saylovoldi dasturim asosan 10 ta yo‘nalishdan iborat bo‘lsa, 7 tasida adolat g‘oyalari ilgari surilgan. O‘zbekistondagi islohotlarni faqat iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarda emas, balki sud-huquq tizimida ham shaxdam sur'atlar bilan rivojlantirish lozim. Biz jamiyatda qonun va adolat ustuvorligini ta'minlaymiz. Ta'lim sohasida korrupsiyani yo‘q qilamiz. Advokatlar nufuzi va mavqeyini oshiramiz. Qashqadaryo vohasidagi «Maydanak» observatoriyasiga e'tibor qaratib, astronomiya fani rivojiga hissa qo‘shamiz. Tinchliksevar tashqi siyosat yuritamiz», – deya qo‘shimcha qildi Bahrom Abduhalimov.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026