“Ma'lumki, Navoiy viloyati katta ilmiy, texnik va intellektual salohiyatga ega.
Sizlar yaxşi bilasiz, Xatirçi tumanida maşhur Tama bahrin mahallasi bor. Mahallada joylaşgan 22-maktab viloyatning eng ilğor ta'lim maskanlaridan biri hisoblanadi. Bu yil Navoiy viloyati maktab bitiruvçilari oliygohlarga kiriş böyiça mamlakatimizda birinçi örinni egallaşida uşbu jamoaning alohida hissasi bor.
Bu yerda faoliyat yuritayotgan fidoyi ustozlar mehnatini munosib rağbatlantiriş maqsadida, uşbu maktab negizida aniq fanlarga ixtisoslaştirilgan maktab-internat taşkil etsak, öylaymanki, barçangiz bu fikrni qöllab-quvvatlaysiz”, dedi prezidentlikka nomzod.
Xatirçidagi maktab negizida aniq fanlarga ixtisoslaştirilgan maktab-internat taşkil etiladi
Xatirçi tumanidagi Tama bahrin mahallasidagi 22-maktab negizida aniq fanlarga ixtisoslaştirilgan maktab-internat taşkil etiladi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Şavkat Mirziyoyev Navoiy viloyati saylovçilari bilan uçraşuvida aytib ötdi.












