Saylov kodeksining 57-moddasiga köra, saylov kuni öz yaşaş joyida böliş imkoniyatiga ega bölmagan saylovçi muddatidan oldin ovoz beriş huquqiga ega böladi.
«Muddatidan oldin ovoz berişni amalga oşiriş uçun saylovçi saylov kunida böla olmasligining sabablari (ta'til, xizmat safari, xorijga çiqiş va hokazo) körsatilgan ariza asosida tegişli uçastka saylov komissiyasidan saylov byulletenini oladi. Saylovçi saylov byulletenini olganligi haqida tegişli uçastka komissiyasining kamida ikki nafar a'zosi hozirligida saylovçilar röyxatiga imzo qöyadi.
Saylov byulleteni maxsus jihozlangan yaşirin ovoz beriş kabinasida yoki xonasida saylovçi tomonidan töldiriladi», – deyiladi qonunçilikda.

Muddatidan oldin ovoz beriş saylovga uç kun qolganida (20 oktabr kuni) tugallanadi.
2021 yil Özbekiston prezidenti saylovi ilk marotaba kuz oyiga – oktabr oyi 3 ön kunligining birinçi yakşanbasiga (24 oktyabrga) köçirildi.
Markaziy saylov komissiyasi saylov jami 10760 ta saylov uçastkasida ötkazilişini ma'lum qilgan. Jumladan, 50dan ortiq xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalarda Özbekiston fuqarolari saylovda qatnaşişi mumkin.

Özbekiston hududidagi saylov uçastkalarning asosiy qismi ta'lim muassasalari, mahalla va tibbiyot muassasalari binolarida joylaşgan. Saylov jarayonlarini onlayn yoritiş uçun hozirgaça 1,5 mingdan ortiq OAV vakillari va yuzlab xorijiy kuzatuvçilar akkreditatsiyadan ötkazilgan. 207 ta tuman va şaharlardagi bittadan saylov uçastkasiga 2 tadan, jami 414ta kuzatuv kameralari örnatiladi.
MSK ma'lumotlariga köra, Özbekistondagi saylovçilar soni qariyb 21,2 million kişini taşkil qiladi. 20 sentyabrdan boşlangan tarğibot tadbirlarida 5ta partiyadan prezidentlikka nomzodlar qatnaşmoqda.












