Farzandingiz öz xonasida odatdagidan köproq qolib, jim bölib qoladimi? U allaqaçon darslarini qilib bölgan va qolgan vaqtida telefon bilan band! Smartfon va internet orqali nima haqida ma'lumot olayotgani esa ota-ona uçun mavhum va xavotirli holat.

Internetda juda köp foydali hamda qiziqarli ma'lumotlar mavjud va undan töğri foydalanilsa bola uçun foydali böladi. “Kaspirskiy laboratoriyasi” tadqiqotlariga köra, ota-onalar bolalarning onlayn xavfsizligini ta'minlaşni bilişmaydi va  84 foiz ota-onalar farzandlarining internet olamida duç kelişi mumkin bölgan tahdidlardan xavotir olişadi.

Statistik ma'lumotlarga köra, dunyo böyiça 7 yoşdan 12 yoşgaça bölgan bolalarning 90 foizdan ortiği internetga ulangan smartfon va planşetlardan foydalanadi. Ota-onalar farzandi internetda onlayn tahdidlarga uçraşidan xavotir olişsa-da, ularni bundan mahrum qilişni notöğri iş deb hisoblaşadi.

Bolalar psixologi Emma Kennining aytişiça, ota-onalar köpinça bolalarni zöravonlik sahnalari aks etgan videolar körişi yoki internetga qaram bölib qolişdan qörqişadi. Ammo onlayn xatarga uçraş bolaning ruhiyatiga qattiq ta'sir qilişi isbotlangan. Ötkazilgan sörovnoma natijasida 60 foiz oilalarning farzandlari onlayn tahdidlarga duç kelişgan yoki guvoh bölişgani aytilgan. 13 foiz bolalar zöravonlik qurboni bölgan, 14 foizi esa özining şaxsiy va boşqa ma'lumotlarini ulaşişdan aziyat çekadi. Çunki ular onlayn tarzda şaxsiy ma'lumotlarini oson oşkor qilişadi va oqibatda bundan foydalangan “onlayn döst” qöy terisidagi böri bölib çiqadi.

Xöş, ota-onalar bolaga internetda kerakli manbalarga kirişni taqiqlamay, u yerdagi döstlari bilan munosabatlarga xalaqit bermay uni tahdidlardan himoya qilişi, töğri foydalanişni qanday örgatişi mumkin?

Ota-ona nazorati

Biz bolalarga virtual olamni real kabi jiddiy qabul qilişga örgatişimiz kerak. Yöqsa u uy içida ötirib ham onlayn tahdidlarga uçraşi mumkin. Buni faqatgina bolalar kiradigan kontentni filtrlaş, ilovalardan foydalanişlarini nazorat qiliş, onlayn makondagi tahdidlardan ogohlantiruvçi xavfsizlik tizimi orqali qilsa böladi. Masalan, Kaspersky Safe Kids ilovasi orqali buni amalga oşiriş mumkin. Ilova bilan:

* Bola qanday dasturlardan foydalanişi haqida ma'lumot olasiz.

* U internetdagi muayyan ilovalardan foydalanişi uçun vaqtni siz belgilab berasiz.

* Farzandingizning internetdagi faoliyatini nazorat qiliş orqali rejimga tuşirasiz. Bola xavfli kontentlarga yoki kattalar uçun möljallangan resurslarga kirmoqçi bölsa, dastur sizga ogohlantiruvçi xabarnoma yuboradi.

* Dastur bolangizning Facebook, VKontakte va şunga öxşaş boşqa ijtimoiy tarmoqlardagi döstlari haqida ma'lumot beradi. Agar bola şubhali döst qabul qilsa, sizga ogohlantiruvçi signal beriladi.

* Tizim orqali bolangizni internetda harakatlanuvçi xavfsizlik perimetrlari örnatiladi. Agar bola bu perimetrdan taşqariga çiqsa sizga xabarnoma yetkaziladi. Bundan taşqari, tizimda bola hozir qayerda ekanligini ham tekşiriş mumkin.

Biroq, faqat texnik imkoniyatlar bilan çeklaniş yaramaydi. Agar farzandingiz internetga kirişi oqibatida uning xulqida özgariş sodir bölayotganini sezsangiz, eng kuçli xavfsizlik tizimi ham samimiy suhbat örnini bosa olmaydi. Şuning uçun ham bola bilan internetda özini tutiş qoidalari, u yerda uçraşi mumkin bölgan salbiy oqibatlar haqida doim oçiq va samimiy gaplaşib turing.

Bola internetga kirib çiqqaç unda qandaydir özgariş kuzatilsa (juda xursand yoki bezovta), u bilan nimadir yuz berganini taxmin qiling. Yuzma-yuz gaplaşiş katta natija bermasligi mumkin, lekin ba'zan muammoni issiğida bartaraf qiliş imkonini ham beradi. Bundan taşqari, bolangizga u siz uçun qançalik muhim ekanligini ham isbotlagan bölasiz.

Öz farzandiga haqiqiy hayotda ham, virtual olamda ham xavfsizlikni tuşuntiriş, turli tahdidlardan ogohlantiriş ota-onaning burçidir. Kiberxavfsizlik masalalarini jiddiy qabul qiling. Şunda siz farzandlaringiz uçun namuna bölib xizmat qilsangiz, ular ham internetdan qörqmasdan va zavq bilan foydalanişadi. Natijada ular ijtimoiy tarmoq etiketi haqida barça bilimlarga ega bölib ulğayişadi.

Internetda bolalarni himoya qiliş böyiça tavsiyalar

Biz hammamiz farzandlarimizning kelajagi baxtli va xavfsiz bölişini istaymiz, çunki ular bunga munosib. Şunday ekan, hoziroq harakatni boşlang!

Internetdan birgalikda foydalaning.

Farzandingiz internetda nima bilan maşğulligi, qaysi manbalardan foydalanayotgani haqida qiziqing. Buni bola bilan çin köngildan gaplaşiş, ba'zida u bilan birga internetda vaqt ötkaziş (masalan birga öyin öynaş) uni keraksiz kontentlardan himoya qiliş imkonini beradi.

Bolalarga mustaqil tarzda internetdan foydalanişga yöl qöymang. Internetga kiriş uçun qurilmani umumiy xonada saqlang. Şunda bola siz şu yerda ekanligingizni hisobga olgan holda özini nazorat qiladi. Agar siz bolangizning onlayn faoliyatini şaxsan kuzata olmasangiz, ota-ona nazorati ilovasidan foydalaning.

Internetdan foydalaniş vaqtini çeklaş.

Bolalarga internetdan foydalaniş uçun qolip kerak. Ularga internetda ötiriş uçun qança vaqt yetarli bölişi haqida sörab, kelişgan holda ma'lum vaqt belgilang va buni doim nazorat qiling.

Bolalarga har qanday ijtimoiy tarmoqda moderatorlarga noörin kontent haqida şikoyat qiliş imkoniyati borligini tuşuntiring. Ularga bundan foydalanişni örgating. Masalan, haqoratli izohlar yoki xabarlarni öçiring va moderatorni xabardor qiling. Bolada bu bilan onlayn harakatlar haqida könikma paydo böladi.

Bolaga real hayot va virtual olamni farqlaşni örgating.

Bolalarga internetdagi axborotni real hayotdagi holat bilan soliştiriş kerakligini tuşuntiring. Ular hayotdagi kabi onlayn olamda ham ehtiyotkor bölişlari kerakligini bilişsin.

Yotişdan oldin 10 daqiqani bolangiz bilan gaplaşişga sarflang: kuni qanday ötgani, internetda nima yaxşi yoki nima yomon bölgani haqida suhbatlaşing. Uning fikrlarini samimiyat bilan qabul qiling. Şunda u har qanday vaziyatda ham u bilan xayrixoh bölişingiz mumkinligini his qiladi va har doim taşvişlarini bemalol ayta oladi.

Hukm qilmang!

Virtual hayotda bolalar ba'zan yoqimsiz holatlarga ham duç kelişadi. Bunday hollarda sizning reaksiyangiz juda muhimdir. Ğazablanmang, balki bolaga kelajakda nima qilsa töğri bölişini tuşuntirib, qanday yöl tutayotganini zimdan nazorat qiling.

Bolalar bilan oçiqçasiga gaplaşing: ijtimoiy tarmoqqa yuklanadigan ma'lumotlar u yerda abadiy qolişi mumkin. Agar öqituvçisi yoki buvisi u yuklagan fotosuratni körsa, nima bölişi mumkinligini yoxud bola ulğayib, obröli lavozim egasi bölganda bu surat qanday ta'sir körsatişini öylab körsin. Bolalar internetdagi har bir harakatlarining oqibatlarini tuşunişi kerak.

Öz bilimingiz darajasini oşiring. Virtual dunyo haqida batafsil tuşunçaga ega böliş bu haqda bolalar bilan işonçliroq gaplaşa olişga imkon yaratadi. Dangasalik qilmang: farzandingiz foydalanadigan barça ijtimoiy tarmoqlarda röyxatdan öting, ijtimoiy tarmoqda uning döstlari safiga qöşiling, uning postlarini öqing, u a'zo bölgan jamoalar bilan tanişing. Onlayn xavfsizlik haqida maqolalar öqing, farzandingiz bilan internetda öyinlar öynang (şunday öyinlar bor). Bola vaqt ötkazadigan dunyoning bir qismi böling – şunda u siz bilan özining onlayn hayot tafsilotlarini baham körişga va maslahatlaringizni tinglaşga bajonidil tayyor böladi.