Bugun, 20 oktabr kuni OFK kubogi yarimfinali doirasida Qarşining «Nasaf» jamoasi Honkongning «Li Man» klubiga qarşi saf tortadi. Final oldi öyin prevyusida jamoalarning uşbu bosqiçga qadar qanday yetib kelgani, transfer baholari va bu safargi uçraşuvning «Nasaf» uçun qançalik muhimligi haqida söz boradi.
«Nasaf» pley-offlar orqali, «Li Man» guruh bosqiçidan yarimfinalga çiqdi
Koronavirus pandemiyasi sababli yuzaga kelgan turli muammolar OFK kubogi formatiga ham ta'sir qildi. Natijada, «Nasaf» guruh bosqiçi ğolibi sifatida dastlab Markaziy Osiyo mintaqasi finalida «Ahal»ni mağlub etgan bölsa, söng mintaqalararo yarimfinali doirasida «Mohun Bagan»dan ustun kelib, «Li Man»ga qarşi mintaqalararo finalida töp suradigan böldi.
Honkongning «Li Man» jamoasi esa guruh bosqiçi ğolibi sifatida töğridan-töğri mintaqalararo finalga, ya'ni «Nasaf»ga qarşi OFK kubogi yarimfinaliga yöllanma oldi. Honkong klubi «J» guruhida 9 oçko bilan 1-örinni egallab, turnirning ğalati tizimi bois final ostonasigaça çiqdi.

«Nasaf»ning turnirdagi sönggi öyinlari:
Pley-off. «Nasaf» - «Ahal» (Turkmaniston) – 3:2
Pley-off. «Nasaf» - «Mohun Bagan» (Hindiston) – 6:0
«Li Man»ning turnirdagi sönggi öyinlari:
1-tur. «Istern» (Honkong) - «Li Man» (Honkong) – 0:1
2-tur. «Li Man» (Honkong) - «Taynan Siti» (Tayvan) – 1:0
3-tur. «Li Man» (Honkong) - «Atletik 220» (Möğuliston) – 5:1
Qaysi jamoa qimmatroq?
Transfermarkt portali har ikki jamoaning transfer baholarini keltirgan. «Nasaf» ayni pallada raqibidan nafaqat natija yoki öyin jihatdan, balki umumiy qiymati böyiça ham ikki karra ustun. Turnirda Özbekiston şarafini himoya qilayotgan jamoaning umumiy transfer bahosi 7,08 million yevroga baholangan bölsa, «Li Man» ikki baravar arzon – 3,78 million yevroga narxlangan.
Qarşiliklar safidagi eng qimmat futbolçilar mahalliy öyinçilar bölsa, «Li Man» tarkibidagi qimmatbaho öyinçilar legionerlardir. Röziqul Berdiyev qöl ostidagi milliy jamoaga nomzod öyinçilar – Eşmurodov, Ne'matov, Aliqulov, Bozorov va Ğaybullayev «Nasaf»ning eng qimmat öyinçilari bölişsa, raqib safida Braziliya, Ispaniya, Honkong va argentinalik öyinçilar nisbatan qimmatroq.

«Nasaf» eng qimmat 5 futbolçisi:
Umar Eşmurodov – 600 ming yevro
Abduvohid Ne'matov – 600 ming yevro
Husniddin Aliqulov – 500 ming yevro
Oybek Bozorov – 500 ming yevro
Ğolib Ğaybullayev – 500 ming yevro
«Li Man»ning eng qimmat 5 futbolçisi:
Jivanilton (Braziliya) – 400 ming yevro
Junior Dutra (Braziliya) – 300 ming yevro
Luk Fun Ngan (Honkong) – 250 ming yevro
Xose Anxel (Ispaniya) – 250 ming yevro
Jonatan Akosta (Argentina) – 200 ming yevro
750 ming dollarlik öyin
OFK kubogi reglamentiga binoan, Qarşi jamoasi hozirgi bosqiçgaça yetib kelib 100 ming AQŞ dollari işlab olişga muvaffaq bölgan.
«Nasaf» OFK kubogining mintaqalararo finalida Honkongning «Li Man» jamoasini mağlub eta olsa, finalçi sifatida 750 ming AQŞ dollari mukofot puliga ega çiqadi. Bu 8 milliard söm – «Nasaf»ning qariyb yarim yillik budjetiga teng mablağdir. Şunday ekan, Röziqul Berdiyev şogirdlarida bu borada ham kuçli motivatsiya bölişi aniq.

Finalning ikkinçi yöllanmasi uçun kuraş Bahraynning «Al Muharraq» va Kuvaytning «Kuvayt SK» örtasida keçadi. «Nasaf» Honkong klubidan ustun kelsa, hal qiluvçi uçraşuvni 5 noyabr kuni uşbu juftlik ğolibiga qarşi ötkazadi. Ğolib jamoa – 1,5 million AQŞ dollari mukofot puliga ega çiqadi.
Qarşidagi öyinni eronlik hakamlar boşqaradi
OFK uşbu bahsni eronlik hakamlar brigadasiga işonib topşirdi. Öyinni Moud Bonyadifard boşqarsa, unga qanotlarda Ali Mirzobegi va Said Ğosemi yordam berib boradi. Zaxiradagi hakam sifatida Biyon Haydari işlaydi.

«Markaziy» stadiondagi öyinga çiptalar sotuvi boşlangan. Klub matbuot xizmati xabariga köra, çiptalar 50 ming (CIP), 20 ming (markaziy sektorlar) va 15 ming sömdan sotilmoqda. Qarşidagi yarimfinal bahsida stadion muxlislar bilan tölişi kutilmoqda.
«Nasaf» turnirda 10 yildan buyon mağlub bölmayapti
Qarşi jamoasi OFK kubogi joriy mavsumida faqat ğalaba qozonmoqda. «Nasaf» uşbu turnirda sönggi marta 2011 yilgi mavsumda Tailandning «Çonburi» klubiga öyinning asosiy vaqtida mağlub bölgan (0:1) va dastlabki uçraşuvda xuddi şu hisobda yutgani bois, penaltilar seriyasida raqibdan ustun kelgan. Yakunda esa «ajdarlar» turnir ğolibiga aylanişgan edi. 10 yil ötib, «Nasaf» öşa sovrinni yana Özbekistonga qaytariş uçun yaxşi imkoniyatga ega. Buning uçun faqat ikki qadam qoldi.

Anons. OFK kubogi. Yarimfinal
20 oktabr (çorşanba)
«Nasaf» - «Li Man» (Hongkong)
Qarşi, «Markaziy» stadion.
Öyin boşlaniş vaqti: 18:00
TV-translatsiya: UzReportTV.
Usmon Ibodov












