Ekologiya qo‘mitasi rasmiylari botqoqlar bo‘yicha konvensiya rahbari bilan muzokara o‘tkazdi

Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi
Davlat ekologiya qo‘mitasi delegatsiyasi Xalqaro ahamiyatga ega, ayniqsa suvda suzuvchi qushlarning yashash joylari bo‘lgan suvli-botqoq joylar to‘g‘risidagi konvensiya bosh kotibi Marta R. Urrego bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda suv qushlarining yashash joylari uchun muhim bo‘lgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni kengaytirish bo‘yicha erishilgan yutuqlar va keyingi rejalarga to‘xtalib o‘tildi.
O‘zbekiston tomoni tabiiy resurslarni barqaror boshqarish sohasidagi hozirgi holat va siyosat, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni, shu jumladan Ramsar obektlarini saqlash va kengaytirish rejalari haqida ma'lumot taqdim qildi.
Kotibiyat suv botqoq yerlarida tadqiqot ishlarini olib borish sohasida faoliyat yuritayotgan asosiy mutaxassislarning institutsional salohiyatini kuchaytirishga yordam berishga tayyorligini bildirdi.
Tomonlar 2021 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan 14-Tomonlar konferensiyasida ishtirok etishning muhimligini ta'kidladilar. Konferensiyada 2020 yildan keyingi bioxilma-xillikning global tizimi va global maqsadlarga erishishning asosiy ko‘rsatkichlari muhokama qilinishi kutilmoqda.
Uchrashuv yakunida kotibiyat O‘zbekiston hukumatiga respublikada Ramsar ro‘yxatiga kiritilgan botqoqli ekotizimlar va obektlarni saqlashga e'tibor qaratayotgani uchun minnatdorchilik bildirdi, shuningdek, yangi Ramsar hududlarini tashkil etish va boshqarishda ekspert yordamini ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.
BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi tomonidan 2021 yil 30 avgustda qabul qilingan Ramsar konvensiyasi qabul qilingan sana 2 fevralni – Butunjahon suv-botqoqli yerlar kuni deb e'lon qiluvchi rezolyutsiyasini qabul qilish tashabbusi respublika tomonidan qo‘llab-quvvatlangani uchun minnatdorchilik bildirildi.
Ma'lumot uchun, hozirda O‘zbekiston hududida Ramsar konvensiyasi ro‘yxatiga kiritilgan 3 ta obekt mavjud: Dengizko‘l (2002), Aydar-Aynasor ko‘llar tizimi (2008), shuningdek, Quyimozor va Tudako‘l suv omborlari (2020).
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kamayadigan bojsiz limit, sotiladigan zavodlar va Lavrovning nolishi - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 23:15
-
2024 yilning eng ochiq va eng yopiq davlat tashkilotlari ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 21:57
-
Dafn marosimi va urush
Jahon | 21:30
-
Klasiko intrigalari. «Barsa»da ham bo‘sh nuqtalar bor, «Real» esa hakamlarga jiddiy bosim uyushtirdi
Sport | 19:27
Mavzuga oid

16:53 / 25.11.2022
Puli to‘lanmagan lift va qimmatbaho unitaz. Ekoqo‘m tadbirkorlarga haqini bermayapti

17:18 / 11.10.2022
Manba: Ekologiya qo‘mitasi raisining ikki o‘rinbosari ishdan olindi

09:52 / 28.07.2022
Ekologiya qo‘mitasi 831 ta holatda tadbirkorlar huquqlarini buzgani aniqlandi

20:06 / 06.04.2022