Film s'yomkasi bilan şuğullangan kompaniya vakili The Hollywood Reporter naşriga bergan ma'lumotiga köra,, hodisa Bolduin böş patronlar bilan otişi kerak bölgan sahnalarni suratga oliş jarayonida sodir bölgan. Qurol suratga oliş maydonida rekvizit predmeti vazifasini ötagan.

«Tergov ma'lumotlariga köra, bu sahna olinayotgan vaqtda töpponça işlatilişi kerak bölgan. Detektivlar aynan qanday öq otilganini aniqlaşga (töpponçaga qanday şaroitda jangovar patronlar solingani) harakat qilmoqda», deya politsiya bayonotidan parça keltiradi «Frans press».

42 yoşda bölgan Hatçins vertolyot orqali şifoxonaga olib ketilgan, ammo yölda uning joni uzilgan. 48 yoşli Souza tez yordam maşinasi orqali şifoxonaga yetkazilgan.

Jurnalist Tessa Mentus tvitterdagi sahifasida s'yomka vaqti olingan suratni joylaştirgan. Hodisa tez-tez Hollivud filmlari olib turiladigan Santa-Fe şaharçasidan uzoq bölmagan masofada joylaşgan Bonanza Krik rançosida röy bergan.

«Bolduin politsiyaçilarga körsatma berdi. U ularning savollariga javob qaytardi. U ixtiyoriy ravişda keldi va körsatma berganidan keyin binoni tark etdi. Hozirça unga nisbatan heç qanday ayblov qöyilmagan va heç kim hibsga olinmagan», deydi Santa-Fe şerifining rasmiy vakili «Frans press» agentligiga.

Santa Fe New Mexican gazetasi röy bergan hodisadan keyin Bolduinning avtoturargohda aftoda holda turgan suratini e'lon qildi. Naşrning yozişiça, naşr jurnalisti aktyorni politsiyaçilar bilan gaplaşib çiqqandan keyin yiğlayotgan holatda körgan.

Halok bölgan operator - Ukrainadan
Galina Hatçins öz saytida «kiyiklar hamda atom suvosti kemalari orasida» tuğilgani va ösgani haqida yozgan: u sovetlarning Qutb doirasidagi harbiy bazasida xizmat qilgan harbiy oilasida dunyoga kelgan. Kiyev davlat universitetini «xalqaro jurnalistika» mutaxassisligi böyiça tamomlagan, keyin Buyuk Britaniyada hujjatli filmlar oliş jarayonlarida işlagan.

Galina Hatçins 2019 yilda. GETTY IMAGES

2015 yilda AQŞda kinematografiya böyiça ta'lim olib, operator sifatida muvaffaqiyatli faoliyat boşlagan. 2019 yilda uni Amerika kinematografiyasidagi yangi porlayotgan yulduzlardan biri sifatida e'tirof etişgan. U suratga olgan kartinalar qatorida superqahramonlar haqidagi Archenemy («Maks Fist») filmi va qörqinçli janrdagi Darlin filmini keltiriş mumkin.

Instagramdagi sahifasida joylaştirilgan sönggi postlaridan biri - u ot minib olgan holda ketayotgan video bölgan, u videoga şunday ilova qiladi: «Vestern suratga olişning afzalliklaridan biri - dam oliş kunlari otda sayrga çiqiş mumkinligidir».

The Hollywood Reporter gazetasining yozişiça, Bolduin Rust  kartinasida ötmişdagi taniqli jinoyatçilardan biri bölgan Harland Rast rolini ijro etgan. Syujyetga köra uning nabirasini tasodifiy qotillikda ayblaşadi va osişga hukm qilişadi. Şunda Rast uni qamoqdan ozod etiş uçun Kanzasga otlanadi. Vesterndagi voqealar XIX asrda bölib ötgan.

Payşanba kuni 63 yoşli Bolduin Instagramdagi sahifasida suratga oliş maydonida olingan suratini quyidagi sözlarni ilova qilgan holda joylaştirgandi. «Yo Xudoyim, bu naqadar oğir iş». Hozirda bu post öçirilgan.

Filmni suratga oliş jarayonida öq uzilişi oqibatida ijodkorlardan birining vafot etişi bilan boğliq eng maşhur holat 1993 yilda qayd etilgandi, öşanda Bryus Lining öğli Brendona Li «Quzğun» filmini suratga oliş vaqtida notöğri öqlangan töpponçadan öq otilib ketişi oqibatida halok bölgan.