AQŞ Florida ştatining Hollivud şahrida Toşkent viloyati vakolatxonasi oçildi. Tadbirda AQŞ safarida bölib turgan Toşkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev iştirok etdi.

Taşrifdan közlangan asosiy maqsad Toşkent viloyatining xalqaro iqtisodiy aloqalarini rivojlantiriş, xorijiy investitsiyalarni jalb etiş va ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikning yangi imkoniyatlarini yaratiş ekani ta’kidlanmoqda.

«Yangi vakolatxona viloyatning iqtisodiy, madaniy va turistik salohiyatini AQŞda keng tarğib etiş, şuningdek, amerikalik biznes hamkorlar bilan töğridan-töğri muloqot örnatişda muhim platforma vazifasini bajaradi. Toşkent viloyati va Hollivud şahri örtasida bir qança yönalişlarda qator qöşma loyihalarni amalga oşiriş rejalaştirilmoqda. Bu borada mazkur vakolatxona orqali viloyatdagi tadbirkorlar va eksportyorlar uçun AQŞ bozoriga çiqişda amaliy kömak körsatiş, işbilarmon doiralar örtasida hamkorlik köpriklarini yaratiş közda tutilgan», deyiladi xabarda.

Florida ştatidagi Hollivud şahriga (Los-Anjyelesdagi maşhur Hollivud rayoni bilan nomdoş) 1925 yilda asos solingan va taxminan 200 ming aholi istiqomat qiladi.