“Maktabgaça, örta, kasb-hunar va oliy ta'limda aholining barça qatlamlariga teng imkoniyatlar yaratiş zarur”, – deyiladi saylovoldi dasturda.

Dasturga köra, mazkur vazifani amalga oşirişda quyidagilarni amalga oşiriş reja qilinmoqda:

  • 6 yoşga tölgan bolalarni boşlanğiç ta'limga majburiy bir yillik tayyorlov bilan bepul töliq qamrab oliş, har bir aholi punktida maktabgaça ta'lim muassasalarini oçiş;
  • maktab va maktabgaça ta'lim muassasalaridagi öquvçilar va tarbiyalanuvçilarni sifatli va soğlom oziq-ovqat bilan kafolatli ta'minlaş;
  • bepul oliy ta'lim beriş tizimini tartibga solişning zamonaviy mexanizmlarini qonuniy jihatdan mustahkamlaş va amaliyotga joriy etiş. Şuningdek, talabalarning darsni özlaştirişi va ularning innovatsion faoliyatda iştirok etişiga qarab, stipendiyalar miqdorini belgilaş, turar-joylarga muhtoj talabalarni qulay yaşaş şaroitlari bilan ta'minlaş;
  • kam ta'minlangan oilalarning iqtidorli farzandlarini ta'lim olişini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş;
  • olis qişloqlardagi bolalar uçun möljallangan madaniyat muassasalari, sport inşootlari, “Barkamol avlod” markazlari, musiqa va san'at maktablarining faoliyatini yanada rivojlantiriş;
  • nogironligi bölgan bolalarni qöllab-quvvatlaşni yanada kengaytiriş, ularga ma'naviy-ma'rifiy sohada teng imkoniyatlarni ta'minlaş. Maxsus adabiyotlarni, jumladan, ovoz jörligidagi Brayl alifbosi asosida ham çop etiş va xarid qiliş, inklyuziv ta'limni rivojlantiriş, şu sohada faoliyat körsatayotgan öqituvçilarga imtiyozlar taqdim etiş.