AQŞ sobiq prezidenti Donald Trampning Trump Media & Technology Group (TMTG) kompaniyasi yaqinda e'lon qilgan TRUTH Social ijtimoiy tarmoği rasman işga tuşmasdan turib hakerlar hujumiga uçradi, deb xabar berdi The New York Times. Hakerlar gazetaga bergan intervyusida özlarini Anonymous guruhiga aloqador deb taniştirgan.
Ularning ta'kidlaşiça, TRUTH Social yaratilgani haqidagi xabardan bir neça soat ötib, hakerlar platformaning beta-versiyasini buzib kirişgan. Ular Tramp, uning sobiq maslahatçisi Stiven Bennon, fitna nazariyasi tarafdori Ron Uotkins va Twitter asosçisi Jyek Dorsi nomlariga soxta akkauntlar oçişgan.
Hakerlar @donaldjtrump akkauntida çöçqalar surati va Dorsining şa'niga haqoratomuz sözlarni qoldirişgan. Postlar tasvirlangan skrinşotlar boşqa ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan. TRUTH Social mualliflari soxta akkauntlarni bloklagan, söngra esa platformaning beta-versiyasini yopişlariga töğri kelgan, deb yozadi NYT.
Yanvarda Facebook va Twitter Donald Trampning sahifasini bloklab qöygandi. 21 oktyabr kuni Tramp TRUTH Social ijtimoiy tarmoği yaratilganini e'lon qildi. Uning sözlariga köra, servisning beta-versiyasi «taklif qilingan mehmonlar» uçun noyabrda işga tuşadi, 2022 yil boşidan esa undan barça foydalanişi mumkin böladi.











