Prezident saylovida ilk bor mahkumlar ham ovoz beradi
24 oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezident saylovida uncha og‘ir bo‘lmagan yoki ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlarni sodir etgan 8 203 nafar mahkum ham ovoz berish huquqiga ega.

Foto: Sputnik
Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov jazoni ijro etish muassasalarida saylov jarayoni qay tarzda tashkil etilishi haqida Kun.uz'ga ma'lumot berdi.
“Joriy yilgi prezident saylovida ilk bor uncha og‘ir bo‘lmagan yoki ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlarni sodir etgani uchun jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar ham qatnashadi. Xususan, bugun qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saylovda ovoz berish huquqiga ega 8 203 nafar saylovchi (569 nafar ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, 1 300 nafar uncha og‘ir bo‘lmagan, jami 1 869 nafar; 6 334 nafar tergov hibsxonalarida) ovoz berish huquqidan foydalanish imkoniyatiga ega.
Saylov qonunchiligiga ko‘ra, saylovga 60 kun qolganda qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylaridagi saylovchilarning ovoz berishi uchun tergov hibsxonalarida – 12 ta, jazoni ijro etish koloniyalarida – 4 ta va manzil-koloniyalarida – 2 ta, jami 18 ta saylov uchastkalari tashkil etildi. Mazkur saylov jarayonlarida nomzodlar, kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etish huquqiga ega va ular to‘siqsiz ichkariga qo‘yiladi”, deydi Shohrux G‘iyosov.
IIV polkovnigi JIEM va tergov hisbxonalaridagi saylovchilarning ovoz berish huquqi to‘liq ta'minlanishini ta'kidladi. Uning aytishicha, hududiy saylov uchastkalari orqali saylovda ishtirok etadigan 1 660 nafar mahkumdan 1 274 nafari 23 ta manzil-koloniyadan transport orqali hududiy saylov uchastkalariga olib boriladi, 15 ta yopiq turdagi muassasalarda saqlanayotgan 386 nafar mahkumga esa saylov qutilari olib kelinadi.
Eslatib o‘tamiz 2019 yilning 4 sentyabridan saylovlar to‘g‘risidagi qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishga muvofiq, mahkumlarga ham saylovlarda ishtirok etish huquqi berilgandi. 2019 yilgi parlament saylovlarida 3 619 nafar mahkum ovoz berish huquqidan foydalangan.
Avvalroq Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Saylov kodeksining 5-moddasiga ko‘ra sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etgani uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etmasligi, saylov kuni 18 yoshga to‘lgan, qamoqda saqlash joylarida ushlab turilgan hamda qamoqqa olingan shuningdek, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar sodir etgani uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar esa ovoz berish huquqiga egaligini aytgandi.
Ma'lumot uchun:
Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar – qasddan sodir etilib, uch yildan ko‘p bo‘lmagan, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi.
Uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar – qasddan, uch yildan ortiq, lekin besh yildan ko‘p bo‘lmagan, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi.
Tavsiya etamiz
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hokimlarning garovida qolayotgan soha. Maqbullashtirish jarayonidagi bedodliklar – uch fermer misolida
O‘zbekiston | 13:29
-
Shavkat Mirziyoyev hokkeychilar va yengil atletikachilarni yutuqlari bilan tabrikladi
Sport | 13:23
-
Trampning Ukraina bo‘yicha rejasi ba’zi shartlari e’lon qilindi – OAV
Jahon | 13:15
-
Isroilning asl maqsadi, vafot etgan Rim papasi va Ukraina urushidan charchagan AQSh - kun dayjesti
Jahon | 13:04
Mavzuga oid

01:46 / 13.02.2025
Gretsiyada yangi prezident saylandi

13:08 / 10.02.2025
Kosovodagi saylovlarda bosh vazir Kurtining hukmron partiyasi g‘alaba qozondi

21:57 / 07.02.2025
Ukrainada saylovlar o‘tkazilishi mumkinmi?

16:35 / 04.02.2025