Taşqi işlar vaziri örinbosari Ğayrat Fozilov prezident tomonidan tasdiqlangan reja asosida Özbekiston tomoni 80 dan ortiq tadbirlar ötkazişi rejalaştirilganini ma'lum qildi. Bular qatoriga ŞHTga a'zo davlat rahbarlari kengaşi majlisi, taşqi işlar vazirlari kengaşi, xavfsizlik kengaşi kotiblari uçraşuvi, tegişli soha doirasida vazirlik va idora rahbarlari uçraşuvlari, iqtisodiy forum, hududlar rahbarlari forumlari va boşqalar sanab ötildi.

Şuningdek, Ğayrat Fozilov prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan Özbekistonning ŞHTga raisligida amalga oşiriladigan ustuvor vazifalarni sanab ötdi.
- ŞHTning nufuzi va salohiyatini yanada oşiriş;
- içki mintaqaviy savdoni rivojlantiriş dasturini işlab çiqiş;
- sanoat kooperatsiyasi dasturini qabul qiliş va bu borada hamkorlikni nazarda tutuvçi markazlarni tuziş;
- ŞHTning Transport boğliqligi strategiyasini qabul qiliş;
- ŞHT makonida infratuzilmani rivojlantiriş dasturini işlab çiqiş;
- kambağallikni kamaytiriş va oziq-ovqat xavfsizligi sohalaridagi hamkorlikni kuçaytiriş;
- ŞHTning xalqaro axborot xavfsizligi böyiça ekspertlar forumini ta'sis qiliş;
- ŞHTning Ezgu niyat elçisini institutini joriy qiliş;
- turizm sohasida hukumatlararo bitimni işlab çiqiş;
- yuqumli kasalliklarga qarşi kuraşişni nazarda tutuvçi «Yöl xaritasi»ni qabul qiliş.
Tadbirda iştirok etgan Qozoğiston, Rossiya, Xitoy, Qirğiziston, Hindiston va Eron vakillari ham Özbekiston ilgari surayotgan vazifalarni birgalikda amalga oşirişga tayyorligini bildirdi.
Eslatib ötamiz, joriy yilning sentabr oyida Duşanbeda bölib ötgan sammitda Şanhay hamkorlik taşkilotiga 2021–2022 yillarda raislik qiliş Özbekistonga ötişi töğrisida qaror qabul qilingan edi.












