Belgilanişiça, taraflarga ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib çiqadigan sud işlarida kelişuv bitimini tuziş huquqi beriladi.

Ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib çiqadigan işni köriş jarayonida taraflar örtasida tuzilgan kelişuv bitimi taraflarning şaxsan iştirokida, ular uzrli sabablarga köra sud majlisiga kelmagan hollarda esa fikri olingan holda sud tomonidan tasdiqlanadi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijroga qaratiladi.

Davlat organlari yoki taşkilotlari ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib çiqadigan iş böyiça hal qiluv qarorini u qonuniy kuçga kirgan kundan boşlab bir oy davomida ijro qiladi hamda bu haqda ma'muriy sudga xabar beradi.

Davlat organlari yoki taşkilotlari tomonidan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib çiqadigan iş böyiça sud hujjati ijro qilinmagani davlat organlari yoki taşkilotlari yoxud ularning mansabdor şaxslariga nisbatan bazaviy hisoblaş miqdorining beş baravarigaça miqdorda sud jarimasini qöllaş uçun asos böladi.

Davlat organlari yoki taşkilotlari tomonidan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib çiqadigan iş böyiça hal qiluv qarorining takroran ijro qilinmagani davlat organlari yoki taşkilotlari yoxud ularning mansabdor şaxslariga dastlab qöllanilgan sud jarimasining ön baravar oşirilgan miqdorda qöllanilişiga olib keladi.

Davlat organlari yoki taşkilotlari yoxud ularning mansabdor şaxslariga nisbatan sud jarimalarining qöllanilganligi ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib çiqadigan iş böyiça hal qiluv qarorini ijro qilişdan ozod qilmaydi.

Sud tomonidan davlat organlari yoki taşkilotlari yoxud ularning mansabdor şaxslariga qöllanilgan sud jarimalari davlat organlari yoki taşkilotlarining budjetdan taşqari yoxud mansabdor şaxslarning şaxsiy mablağlari hisobidan respublika budjeti hamda Sud hokimiyati organlarini rivojlantiriş jamğarmasi daromadiga belgilangan tartibda undiriladi.