Kutilişiça, kelişuv VEON guruhiga kiruvçi Beeline mobil aloqa operatori tomonidan Özbekiston va Qozoğistonda innovatsion raqamli xizmatlar va şaxsiylaştirilgan servislarni işga tuşiriş uçun asos böladi. Bu iş Amdocs kompaniyasining tayyor arxitekturaga asoslangan mikroservislar portfelini bulutli texnologiyalarga joriy etiş tufayli röy beradi. Ular VEON guruhi kompaniyalariga öz servislarini monetizatsiyalaş va tijoratlaştirişni rivojlantiriş imkonini beradi.

Raqamli operator strategiyasini amalga oşiriş tufayli, VEON guruhi kompaniyalari öz mijozlariga va korporativ buyurtmaçilariga ilğor moliyaviy, köngiloçar va tahliliy xizmatlarni taklif etadi. 2021 yil 30 iyun holatiga 9 ta mamlakatda faoliyat yurituvçi va abonentlar bazasi 213,7 mln kişidan iborat VEON Group 18,8 mln nafar raqamli kontent foydalanuvçisiga va 19,4 mln nafar raqamli moliyaviy xizmatlar foydalanuvçisiga xizmat körsatdi, şuningdek mijozlar bilan işlaşni raqamli formatga ötkazişda yordam berib, ön minglab savdo korxonalarini qöllab-quvvatladi. Qolaversa,VEON guruhi kompaniyalari öziga özi xizmat körsatiş mobil ilovalari yordamida 28 million nafar foydalanuvçini qamrab oladi.

“VEON dunyodagi yetakçi raqamli operator böliş sari qadam qöymoqda,- izohladi VEON Group boş direktori Kaan Terzioglu. – Innovatsiyalarga qobillik, mijozlarimizga taklif etişimiz mumkin bölgan raqamli xizmatlarni moslaştiriş mana şu yöl asosini taşkil qiladi. Amdocs kompaniyasi VEONʼning uzoq muddatli işonçli hamkori sanaladi va raqamli innovatsiyalar sari borişimizda bizga hamrohlik qiladi. Uşbu kelişuv biz uçun biznesning moslaşuvçanligini va AT faoliyatining yuqori tezligini ta'minlaydi, u transformatsiya va raqamli operator strategiyasini amalga oşiriş jarayonida nihoyatda zarurdir”.

“Amdocs bilan hamkorlik bizga kompaniya AT-infratuzilmasini jiddiy modernizatsiyalaş imkonini beradi. Buning natijasi yangi xizmatlarni işlab çiqiş va bozorga çiqarişning yanada jadal sur'atlarida namoyon böladi. Şu tariqa, mijozlarimiz eng ilğor raqamli servislardan tezroq foydalana oladilar”,- deydi Beeline Uzbekistan boş direktori Andjyey Malinovski.

“Biz Özbekiston va Qozoğistondagi mijozlarning manfaatlari yölida VEON kompaniyalar guruhi bilan uzoq muddatli munosabatlarimizni kengaytirişdan mamnunmiz,- deydi Amdocs Management Limited prezidenti va boş direktori Şuki Şeffer. – Yangi raqamli xizmatlarning oson tatbiq etilişi, bozorga jadal çiqariş va şaxsiylaştirişdagi tajriba bilan uyğunlikda, uşbu bozorlardagi iste'molçilarga kommunikatsiya va medianing yangi avlodi afzalliklaridan foydalaniş imkonini beradi, şuningdek, kelgusi ösiş va innovatsiyalarga asos böladi”.

Kelişuv doirasida Amdocs monetizatsiya, xizmatlar va tarmoqlar, kataloglarni boşqariş tizimlarini avtomatizatsiyalaş böyiça yangi yeçimlar taqdim etadi, şuningdek raqamli xizmatlar uçun yangi, köp kanalli interfeyslar işlaşini ta'minlaydi.

Özbekiston va Qozoğiston Beeline brendi ostida faoliyat yurituvçi VEON uçun jadal ösib borayotgan bozorlar sanaladi. 2021 yil 30 iyun holatiga VEONʼning Özbekistondagi 6,7 million mijozidan 56%dan köproği raqamli xizmatlardan foydalaniş imkoniga ega 4G abonentlari sanaladi, Qozoğistonda esa, 10 mln mijozning 58%dan ziyodi 4G xizmatlaridan foydalanadi. 


VEON global aloqa va raqamli xizmatlar yetkazib beruvçisi bölib, NASDAQ va Amsterdamdagi Euronextʼda röyxatga olingan. U dunyo aholisining 9%i yaşaydigan töqqizta mamlakatda xizmat körsatadi. Kompaniyamiz texnologik xizmatlar yordamida hayot tarzini özgartiradi, bu xizmatlar dunyodagi eng jadal rivojlanayotgan bozorlarning ayrimlarida imkoniyatlarni yanada kengaytiradi.

Qöşimça axborot oliş uçun: www.veon.com

 Amdocs töğrisida

Amdocs öz kelajagini bunyod etayotganlarga uni yanada gözal qilişda yordam beradi.

Bozorda yetakçilik qilayotgan dasturiy mahsulotlar va xizmatlar portfelimiz tufayli biz mijozlarning innovatsion salohiyatini yuzaga çiqaramiz va ularga ham ommaviy, ham korporativ segmentlarda servislarni individuallaştiriş uçun yangi avlod kommunikatsiya va multimedia xizmatlarini taqdim etiş imkoniyatini yaratamiz.

Amdocsʼning butun dunyodagi 27000 nafar xodimi provayderlar servisining bulutli texnologiyalarga ötişini jadallaştirişda, 5G texnologiyalari davrida differensiyalanişda, faoliyatlarini raqamlaştiriş va avtomatizatsiyalaşda yordam beradi.

Amdocs  NASDAQ Select global bozorida kotirovkalanadi va 2020 moliyaviy yilda 4,2 milliard dollar miqdorida tuşumga ega böldi.

Qöşimça axborot oliş uçun: www.amdocs.com

“Unitel” MÇJ 2006 yil 12 sentyabrdan BeelineUzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar taqdim etadi. BeelineUzbekistan boş qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya)da joylaşgan VEON xalqaro telekommunikatsiya holdingining bir qismi sanaladi. VEON dunyoning 9 ta mamlakatida 213 mln.dan ziyod abonentga ega global telekommunikatsiya va internet-xizmatlar provayderidir. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond birjalarida kotirovkalanadi. Beeline Uzbekistanʼda 1,6 ming atrofida xodim işlaydi. 2006 yilda Özbekiston bozoriga kirib kelganidan boşlab VEON mamlakat telekommunikatsiya industriyasiga 1,2 mlrd AQŞ dollaridan ziyod mablağ investitsiyalagan. Özbekistonda Beeline SB ostidagi faoliyati davomida 1,8 mlrd dollardan ziyod miqdorda soliq tölagan.

Sayt: beeline.uz  

Facebook: fb.com/beeline.uz 

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: t.me/uzbeelineuzb 

Twitter: twitter.com/beeline_uz

LinkedIn: linkedin.com/company/beelineuzbekistan

Reklama huquqi asosida