Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko Grodno oblastiga taşrifi davomida koronavirusga çalingan bemorlar davolanadigan şifoxonada böldi. E'tiborlisi, himoya niqobisiz bölgan Lukaşenko unga hamrohlik qilgan amaldorlar qistovidan keyin uni taqişga va qöliga antiseptik bilan işlov berişga majbur böldi.

Uşbu holat videosi prezident matbuot xizmati bilan hamkorlik qiluvçi “Pul Pervogo” Telegram-kanalida joylaştirildi.

Videoda Belarus rahbari boşdan oyoq himoya vositalarida bölgan mahalliy amaldorlar va şifoxona xodimlari qurşovida bir özi niqobsiz turganini köriş mumkin. Şunda unga hamrohlik qilgan amaldorlar, jumladan soğliqni saqlaş vaziri prezidentdan himoya vositalaridan foydalanişni, jumladan himoya niqobini taqişni iltimos qilişgan.  

Lukaşenko esa niqob unga xalaqit qilişini aytib, uni istamaygina taqa boşlagan. Bunda atrofdagi odamlar unga niqobni qanday taqiş, uni buringa qanday siqib qöyiş kerakligini örgatib turişgan. Xodimlardan biri prezidentning qöllariga antiseptik bilan işlov berganda, Lukaşenko zararsizlantiruvçi vositani uning qölidan tortib olib, “Endi tinçlanasanmi?” deya özining boşi va yuziga sepgan. 

Belarus prezidenti jarrohlik blokiga kirganda niqobni burnidan pastga tuşirib qöygan. Şunda Lukaşenkoning yonidagi odamlardan biri undan qat'iy ohangda niqobni kötarişni talab qilgan.

Belarus rahbari amaldorlar bilan suhbatda xorijiy vaksinalardan biri bilan emlangani sababli koronavirusdan davolanayotgan odamlar yotgan şifoxonalarga qörqmasdan borişi haqidagi gap-sözlarni inkor etgan. Uning aytişiça, Belarus muxolifati aholining miyasiga mamlakatga xorijiy vaksinalarni olib kiriş zarurligi haqidagi fikrni ataylab singdirmoqda.  

“Nima uçun? Emlanib, bu haqida pasport olib, “özlarining rahnamolari” oldiga “körsatmalar” olişga boriş uçun. Ğarbga çiqiş uçun, mana bu ularga nimaga kerak. Öşa yerga borib, emlana qoling”, deb aytgan Belarus rahbari.

Lukaşenko, şuningdek, pandemiya borasidagi öz pozitsiyasiga izoh bergan. Uning aytişiça, “hamma balo miyada va qörqqanga qöş körinadi”.

Avvalroq Lukaşenkoning matbuot kotibi Natalya Eysmont prezident koronavirusga çalingan bemorlar yotgan şifoxonalarga taşrifi vaqtida ba'zida niqob taqmasligi sababini tuşuntirib ötgan. Uning aytişiça, Belarus rahbari bu borada “hammasi ixtiyoriy ravişda bölişi kerak” degan tamoyilga amal qiladi.