Ijtimoiy tarmoqlarda Çiroqçi tumanida bir guruh şaxslar  aka-ukalarni kaltaklagani, ularga deputat boş bölgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Viloyat IIB holat böyiça munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Çiroqçi tumanida yaşovçi fuqarolardan birining uyiga şu tumanda yaşovçi bir guruh şaxslar bostirib borgani, özaro janjal paytida aka-ukalarni kaltaklab tan jarohatlari yetkazgani haqida xabarlar tarqaldi. Xabarlarda yozilişiça, aka-ukalarni kaltaklagan şaxslarga Yoşlar ittifoqi Çiroqçi tumani kengaşi raisi, Xalq deputatlari tuman kengaşi deputati boş bölgan.

Foto: Videodan kadr

Viloyat IIB axborot xizmatining munosabatida yozilişiça, holat IIB mas'ul xodimlari tomonidan örganilmoqda. Örganiş yakuni böyiça qöşimça ma'lumot beriladi.

«Ma'lum qilamizki, holat viloyat IIB mas'ul xodimlari tomonidan örganilmoqda. Holat yuzasidan örganiş yakuni bilan qöşimça axborot beriladi», deyiladi munosabatda.