Surxondaryo viloyati Boysun tumani kengaşi deputati bir guruh şaxslar tomonidan kaltaklangan. Xalq demokratik partiyasi mazkur işda suriştiruv çözilib ketayotganini bildirdi. Viloyat IIB mazkur masalada özining rasmiy munosabatini bildirdi. Unga köra, kaltaklangan deputat işida suriştiruv yakunlanib, iş tuman prokuraturasiga yuborilgan.

Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 14 aprel kuni soat 10:30 larda Boysun tumani Inkobod mahallasida yaşovçi J.O‘. va Q.A. yaşaş mahallasi hududida joylaşgan «Aslanbek eksklyuziv boğlari» MÇJga qaraşli yerda Boysun tuman Hunarmandlar mahallasida yaşovçi M.A. hamda M.A. ilgaridan davom etib kelayotgan yer maydoni ustida tortişib janjallaşib, bir-birini qasddan urib, tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda, fuqaro J.O‘., Q.A., M.A. va M.A. tan jarohati olib, şifoxonaga murojaat qilgan. Respublika sud-tibbiyot ekspertiza Ilmiy-amaliy markazi Surxondaryo filialining 2021 yil 19 aprel kunidagi xulosasiga köra, J.O‘. «örtaça oğirlikdagi», M.A. «soğliqning buzilişiga sababçi bölgan yengil», M.A. esa «yengil» tan jarohati olgan.

Mazkur holat yuzasidan Boysun tumani IIB tomonidan 2021 yilning 21 aprel kuni Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilgan. Tergov jarayonida J.O‘.ni M.A. va M.A. guruh bölib tan jarohati yetkazganligi böyiça 2021 yilning 30 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali rasmiy munosabat bildirilib, ommaga ma'lum qilingan.

Qayd etilişiça, jinoyat işi böyiça ötkazilgan tergovga köra, fuqarolar M.A. va M.A.ga nisbatan muqaddam e'lon qilingan ayblov Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi «v,g,i» bandlari bilan töldirilgan, şuningdek, fuqaro U.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 109-modda 2-qismi bilan ayblov e'lon qilingan.

Ta'kidlanişiça, mazkur jinoyat işi böyiça 2021 yilning 25 may kuni tergov harakatlari tamomlanib, Jinoyat prossetsual kodeksining 381-moddasi tartibida ayblov xulosasini tasdiqlaş va tegişli sudlovga yuboriş masalasini hal qiliş uçun Boysun tuman prokuraturasiga yuborilganligi ma'lum qilingan.