Butlovçi qismlarining bir qismi qayta işlangan materiallardan yasalgan konsept-kar havoni tozalovçi filtrlar tizimi va tomda örnatilgan quyoş paneli bilan jihozlangan.

Maşinaning filtrlovçi tizimi atrof-muhitni qattiq va mayda zarralardan tozalaydi. Filtrlar yeçiladi va bir yilda bir marta almaştirişni talab qiladi. Maşinada örnatilgan datçiklar atrof-muhit ifloslangani darajasini aniqlaşga imkon beradi.

Birinçi filtr maşinaning orqa öqi atrofida joylaşgan. U maşina va boşqa transport vositalari yurayotganda havoga kötariladigan zarralarni uşlab qolib, taşqariga tozalangan havo çiqaradi. Ikkinçi filtr old tomonga örnatilgan va içkariga tortuvçi ventilyator bilan birgalikda işlaydi. U elektromobil bir joyda turganda havoni mayda zarralardan tozalaşga möljallangan.

Maşina Mann+Hummel kompaniyasi bilan hamkorlikda işlab çiqilgan va kelgusida seriyali işlab çiqarilişi mumkin.

Quyoş paneli esa maşinaga quyoşdan olinadigan energiya hisobiga yiliga bir neça ming kilometr köproq yuriş imkonini beradi. U maşina öçiq bölganda ham uni quvvatlaydi. Bu esa maşina batareyalarini qayta quvvatlaşga ehtiyojni kamaytiradi. Quyoş paneli yordamida olingan elektr energiyadan noutbuk kabi qurilmalarni işlatişda foydalaniş mumkin.