Qarorda yozilişiça, Surxondaryo viloyatining tuproq-iqlim şaroitida qişloq xöjaligi ekinlaridan, meva va sabzavotlardan yuqori hosil oliş, ilğor, intensiv agrotexnologiyalarni joriy qiliş, qişloq xöjaligi mahsulotlarini saqlaş, qayta işlaş, suğoriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxşilaş uçun zamonaviy bilim va könikmalarga ega oliy ma'lumotli mutaxassis kadrlarga bölgan ehtiyojni qondiriş maqsadida Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlaniş instituti taşkil etiladi.
Qayd etilişiça, Termizda Toşkent davlat agrar universitetining Termiz filiali negizida yangi OTM — Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlaniş institutini taşkil etiş taklifi Qişloq xöjaligi vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, Moliya vazirligi hamda Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan berilgan.
Institutda 2021-2022 öquv yilidan boşlab bakalavriat ta'lim yönalişlarida ta'limning kredit-modul tizimi bosqiçma-bosqiç joriy etiladi. Bunda talabalar uçun haftaning şanba kuni mustaqil özlaştiriş kuni deb belgilanadi.
Institutda 2022 yilda Jahon banki mablağlari hisobidan talabalar, magistrlar va ilmiy izlanuvçilar hamda yoş professor-öqituvçilarning ilmiy işlanmalari asosida loyihalar startaplarini yaratiş va amaliyotga tatbiq etiş bilan şuğullanuvçi “IT-inkubator” ilmiy innovatsion markazi taşkil etiladi.
Institutda 1 ta yangi bakalavriat ta'lim yönalişi hamda 8 ta magistratura mutaxassisliklari böyiça kadrlar tayyorlaş yölga qöyiladi. Xususan, dorivor ösimliklar, ösimliklarning himoyasi, seleksiya va uruğçilik, sabzavotçilik va polizçilik, şoliçilik, agrokimyo, agronomiya kabi mutaxassisliklarda kadrlar tayyorlanadi.
Institutni budjet mablağlari hisobidan saqlaş xarajatlari 2021 yilda Qişloq xöjaligi vazirligiga ajratilgan mablağlari doirasida amalga oşiriladi. 2022 yildan boşlab esa davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Institut faoliyati Qişloq xöjaligi vazirligi tomonidan muvofiqlaştiriladi.











