2021 yil 9–10 oktyabr kunlari xizmat safari bilan Qozoğistonda böldim. Maqsad: “Ğiştköprik” çegara bojxona nazorat posti (Qozoğiston–Özbekiston çegarasi)da Özbekistonga kirib kelayotgan har qanday kişidan Covid-19 ekspress-testi olinayotgani, buning uçun 100 ming söm undirilayotgani, PZR-test muddati ötmagan bölsa-da, inobatga olinmayotgani haqida tahririyatga kelib tuşgan bir neça şikoyatlarni örganiş kerak edi.

Keling, barçasini boşidan boşlaymiz.

Safar uçun tadorik 2 kun avval boşlandi. Garçi Özbekiston Qozoğiston fuqarolari uçun quruqlikdan kiriş imkonini taqdim etgan bölsa-da, hozirça Qozoğiston bunga nisbatan javob çorasini qöllaşga şoşilayotgani yöq. Qöşni mamlakatga faqat va faqat havo yöli orqali kirib boriş mumkin. Şu bois Toşkent–Almati–Çimkent yönalişida 1 mln 631 ming sömga aviaçipta xarid qilib, koronavirusga PZR-test topşirdim.

Almatiga parvoz oldidan. Soxta PZR-testlar “savdosi” haqida

Parvoz kuni, 9 oktyabrda soat 10dan ötganda Toşkent xalqaro aeroportiga yetib bordim. Aeroport hududida taşkil etilgan PZR-test topşiriş markazida xizmat narxi 180 ming söm bölib, natijasi 4 soatda çiqişi ma’lum böldi. Testni topşirgaç, javobi çiqquniga qadar fursatdan foydalanib, soxta PZR-test tayyorlab berilayotgani haqidagi miş-mişlarga ham aniqlik kiritişga qaror qildim. Laboratoriya xodimidan şunday imkoniyat bor-yöqligini söraganimda u taşqarida turganlarga uçraşişim kerakligini aytdi.

Taşqarida barçadan ajralib turgan yigitdan PZR-test qilib berayotganlar haqida söragandim, u bir avtomobilga yöllab qöydi. 3 yigit ötirgan avtomobilga kirib, masalani aytdim. Bir zumda tayyor qilinadigan PZR-test sertifikati 700 ming söm turişini aytişdi. Savdolaşib, 500 ming sömga köndirdim. Heç qanday tibbiy tekşiruvlarsiz 15 daqiqada test javobini qölimga tutqazişdi.

Soxta PZR-test Foto: Kun.uz 

“Sal şustriy böliş kerak”ligi, “aks holda aviakompaniya xodimi “lox” qilib, örnimga kimnidir uçirib yuborişi mumkinligi”ni aytib, beminnat maslahatlarini berişni ham unutişmadi.

Aeroport estakadasiga meni qoldirişgaç, soxta PZR-test sertifikatidagi QR-kodni tekşirib kördim. Kodni skanerlaganimda mening ism-familiyam biriktirilgan allaqanday telefon raqamning kontakti kelib çiqdi. Tuşunişimça, “şovvozlar”ning metodi oddiy: duç kelgan xayoliy telefon raqamga mening ism-familiyamni biriktirişadi va bu kontaktni QR-kodga aylantirişadi. Hosil bölgan QR-kodni soxta PZR-test sertifikatiga tuşirişadi. Natijada sertifikatdagi kodni skanerlagan odam sertifikatning rasmiy saytdagi pdf variantiga emas, mening ism-familiyam yozilgan allaqanday telefon raqamga duç keladi.

Soxta PZR-testdagi QR-kodni skaner qilsangiz, ism-familiyangiz yozilgan begona telefon kontakt kelib çiqadi
Foto: Kun.uz 

Galdagi vazifa ayni şu sertifikat bilan meni parvozga qöyişlarini aniqlaş edi. Bu masalaga ham sanoqli soniyalarda oydinlik kiritildi. Air Astana aviakompaniyasining meni röyxatga olgan (check-in) xodimi smartfoni kamerasidan foydalangan holda soxta PZR-testni tekşirib körar ekan: “Pastdagi yigitlar yasab berişdimi?” deb söradi. Ha deb javob berdim. Buni qarangki, nazoratçi heç qanday çora körmay, meni ötkazib yubordi.

Şunday qilib, bojxona va çegara postidan ötib olgaç, Almati tomon parvoz qildik. U yerda işim osonroq keçdi – aeroportga kiraverişdagi Qozoğiston “SES” xodimlari unçalik ham sinçkovlik qilişmadi, skaner ham qilib ötirişmadi. Albatta, ularga PZR sertifikatning originalini taqdim etgandim.

Almatidan şu kunning özida Çimkentga yetib bordim. Özbekiston bilan meni atigi 120 km masofa ajratib turibdi...

Nihoyat Özbekiston–Qozoğiston örtasidagi çegaraga yetib keldim va Qozoğiston çegarasidan eson-omon ötib oldim. Meni özimizning çegaraçi xodim kutib oldi va pasportimni körib, keyingi manzilga ötkazib yubordi.

Bir neça qadamdan söng, odamlar gavjum joyga yetib keldim. Sezişimça, bu yer aynan men közlagan manzil edi. Bir qança fuqaro “kassa” deb yozilgan joyda navbatda turibdi. Özbekistonga kirib kelayotgan fuqarolardan Covid-19'ga tahlil oliş uçun alohida darçalar taşkil etilgan. Röyxatxonada fuqarolar qayd qilinmoqda.

Dastlab, şu joydagi laboratoriya rahbari deb taniştirilgan kişiga uçraşdim va unga masalani tuşuntirdim. Qozoğistonga borganimga 1 kun bölgani, PZR-testi sertifikati borligi va unga 72 soat bölmagani, şu sertifikat nega tan olinmasligini söradim. U Maxsus komissiya yiğilişining bayoni borligi, unda quruqlikdagi çegara postlari orqali kirib kelayotgan fuqarolar PZR-testi sertifikatiga ega bölişlariga qaramay, ekspress-test topşirişlari belgilanganini aytarkan, meni darçaga osilgan varaqdagi yozuvlarni öqişga undadi.

Darçaga osilgan hujjat – Respublika maxsus komissiyasi yiğilişining 2021 yil 19 iyuldagi 01-07/-234 sonli bayoni edi. Unda nimalar deyilgan edi:

“Belgilansinki:

a) taşrif buyurayotgan şaxsda PZR-testning manfiy natijasi bölişidan qat’i nazar, ulardan mazkur bayonning 3-bandi 1-xatboşisida nazarda tutilgan tartibda ekspress-test olinadi.

b) koronavirus infeksiyasiga ekspress-test natijasi musbat çiqqanda:

çet el fuqarolari (Özbekiston Respublikasida doimiy yaşaydigan çet el fuqarolari bundan mustasno) va fuqaroligi bölmagan şaxslar (Özbekiston Respublikasida doimiy yaşaydigan fuqaroligi bölmagan şaxslar bundan mustasno) Özbekiston Respublikasiga kiritilmaydi.

Özbekiston Respublikasining fuqarolari tegişli hududda joylaşgan koronavirus infeksiyasini davolaşga ixtisoslaşgan tibbiyot muassasalariga joylaştiriladi yoki uy şaroitida davolanişga yönaltiriladi”.

Foto: Kun.uz 

Şundan keyin röyxatga oliş va tahlil oliş darçalarida ham Qozoğistonga ötganimga 1 kun bölgani, PZR-testi sertifikatiga esa 48 soat bölmagani haqida gapirdim. Hatto Moderna vaksinasi bilan emlanganim haqida ham aytdim, sertifikatimni körsatdim. Foydasi bölmadi.

Çegara postiga borib, pasport nazoratidagi yigitlarga kuçini yöqotmagan PZR-testi sertifikati borligini bildirdim, ular esa ekspress-test topşiriş zarurligi yoxud sanitariya-epidemiologik osoyiştalik nazorati mudiri muhr bilan ruxsat bersagina, öta olişim mumkinligini ta’kidlaşdan nariga ötmadi.

Kassada ham bu “nomerim” ötmadi. Xullas, “taqdirga tan berib”, 100 ming söm tölaşga majbur böldim. Yarim soatlarda test natijasi çiqişini aytişdi.

Qölimga tutqazilgan tölov çekidan bu xizmatni “Tibbiyot dunyosi” MÇJ körsatayotganini angladim.

Böş vaqtdan foydalanib, atrofni örganişga kirişdim. “Tibbiyot dunyosi” klinikasi banneriga ham közim tuşdi.

Şu orada punkt xodimi ekspress-test javoblarini printerdan çiqarib kelib, ism-şariflarni e’lon qila boşladi. Çegarani kesib ötgan fuqarolar tezda natijani olib çegara nazorat posti tomon yöl olişdi. Men şu yerda e’tiroz bildirdim, negaki, manba bilan işlayotgan, şunça odam bilan kontaktda bölayotgan xodimning özi niqobsiz, qölida bir marotabalik tibbiy qölqop ham yöq edi.

Men ham ism-şarifi çiqmagan boşqalar qatori navbatimni kuta boşladim. Bu orada kutiş joyi yana odamlar bilan töldi. 10 daqiqalar ötgaç, laboratoriya xodimi bu safar yuzida niqob bilan çiqib, test natijalarini tarqata boşladi.

Mening ham test natijam berildi. Albatta, manfiy çiqişi aniq edi. Çunki birinçidan, manfiy natijaga ega PZR-test olganimga endi bir kun bölgandi. Ikkinçidan, koronavirusni yuqtirgan taqdirimda ham, u faol bosqiçga ötmagunça, 1 kun içida aniqlaş imkoni bölmasligini mutaxassislar juda yaxşi bilişadi.

Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati mulozimining Kun.uz'ga aytişiça, ekspress-test orqali koronavirusni aniqlaş imkoni yöq. Qolaversa, virusning 14 kunlik yaşirin davri hali ilmiy jihatdan inkor etilgani ham yöq. Koronavirusni keça, bugun yoki 1 hafta oldin yuqtirgan odam ekspress-test topşirgan taqdirda ham natija musbat çiqmaydi.

Qolaversa, bizdagi ma’lumotlarga köra, hukumat raisi Abdulla Aripov prezident rahbarligidagi yiğilişlardan birida, mutaxassislar ekspress-test koronavirusni aniqlaşda samarasiz degan töxtamga kelgani, şu bois Aripovning özi ekspress-test olişga barham beriş böyiça körsatma berganini ta’kidlagan.

Xullas, Jibek Jolu-Ğiştköprik çegara bojxona postidan salkam 1 soatda ötib oldim. Örtaça bir fuqaro çegarani kesib ötiş uçun ekspress-test topşiriş bilan 45 daqiqalar sarflamoqda.

Ğiştköprik çegara-bojxona postida xizmat ötayotgan xodim kuniga 750–800 kişi mazkur post orqali Özbekistonga kirib kelayotganini aytdi. Demak, ularning har biri aslida samarasiz bölgan ekspress-test uçun 100 ming sömdan tölayotgan bölsa, bu kuniga 75–80 mln sömni, bir oyda qariyb 2,5 mlrd sömni taşkil etadi.

Bu tartib boşqa çegara postlarida yöq

Xöş, “Ğiştköprik”dagi singari laboratoriya barça quruqlikdagi çegara-bojxona postlarida ham bormi?

Bu savolga oydinlik kiritiş maqsadida 14–16 oktyabr kunlari xizmat safari bilan qöşni Tojikiston va Qirğiziston Respublikalarida ham böldim. Taassurotlar talaygina, biroq ularning faqat mavzuga doir qismiga töxtalamiz.

Yana bir bor PZR-sertifikat uçun namuna oluvçi punktga borib, sertifikatni oldim va Bekobod tomon yölga çiqdim. Maqsadim “Oybek” çegara bojxona posti orqali Tojikistonga ötib, bu sertifikat Özbekistonga qaytişda amal qilişi yoki qilmasligini aniqlaş edi.

Çegaradan ötgaç, Xöjandda tunab, ertasiga ortimga qaytdim. “Oybek” postida ekspress-test oliş uçun maxsus laboratoriya qilingan, biroq u neytral hududda emas, balki bojxona nazoratidan ötgandan keyin taşkil etilgan. Umuman olganda, PZR sertifikatiga ega kişilar, ular xoh Özbekiston, xoh Tojikiston yoki boşqa davlat fuqarolari bölsin, qarşiliksiz yoxud ortiqça ovoragarçiliklarsiz, qöşimça ekspress-test topşirmasdan, qöşimça xarajat qilmasdan çegarani kesib ötmoqda.

“Oybek” posti orqali Özbekistonga ötib, vodiy orqali qöşni Qirğizistonning Öş viloyatiga yöl oldim. “Döstlik” çegara postidan ötişda ham qölimdagi PZR-testi sertifikatidan foydalandim.

Öş şahrida tunagaç, sertifikat muddati tugaşiga 6 soat qolganda Özbekistonga kirib keldim. Bu yerda ham köçma laboratoriya taşkil etilgan. Ayrimlar 130 ming söm tölab, ekspress-test topşirmoqda. Çegara nazoratiga yetmasdan, meni tibbiyot xodimi kutib oldi va sertifikatim bilan tanişdi hamda muddati ötganini bildirdi. 6 soat vaqti borligini aytganimdan söng, çegaradan qaytarib yuborişlari mumkinligidan ogohlantirdi. Men, çegaraçilar muddati ötmagan sertifikat bilan meni qaytarişsa, ekspress-test topşirişga tayyorligimni bildirdim. Ammo çegaraçi sertifikatni körib, Özbekistonga kirişimga ruxsat berdi.

Xulosa örnida

“Ğiştköprik” postida, PZR-test sertifikati bor-yöqligidan qat’i nazar, har bir kişidan olinayotgan 100 ming söm, aniqki, kimlarningdir çöntagini qappaytirmoqda. Bu amaliyotga imkon qadar tezroq barham berilişi kerak, çunki bu şundoğam pandemiya davrida ham moddiy, ham ma’naviy tomondan qiynalgan xalqdan ortiqça pul undirişdan boşqa narsa emas.

Maxsus komissiya esa bu masalaga uzil-kesil nuqta qöyişi zarur.

Tolib Rahmatov,
Kun.uz muxbiri.

Tasvirçi – Şerzod Egamberdiyev.