Vazirlar Mahkamasining “Mis sanoati klasteri uçun kadrlarni tayyorlaş va qayta tayyorlaş, ularning malakasini oşiriş hamda sohada tajriba-konstruktorlik va ilmiy izlanişlar kölamini kengaytiriş dasturini tasdiqlaş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Prezidentning “Kon-metallurgiya sanoati va unga boğliq sohalarni rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qaroriga muvofiq kon-metallurgiya sanoati va unga boğliq sohalarni rivojlantirişda mis mahsuloti va u bilan boğliq sohalarda yuqori qöşilgan qiymatli tayyor mahsulotlar işlab çiqariş böyiça ilmiy-texnologik klasterni (mis sanoati klasteri) taşkil etiş belgilangan.
Bildirilişiça, mis sanoati klasteri uçun örta böğin kadrlar hamda oliy ma'lumotli muhandis-texnologlarni tayyorlaş, ularga bölgan ehtiyojlarni örganiş va maqsadli mutaxassislar tayyorlaş töğrisida buyurtmalarni şakllantiriş, ta'lim dasturlarini takomillaştiriş, öquvçi va talabalarning toğ-kon sanoati sohasi korxonalarida amaliyot ötaşini taşkil etiş zaruriyati vujudga kelmoqda.
Taqdim etilgan qaror loyihasi 3 banddan iborat bölib, mis sanoati klasteri uçun kadrlar tayyorlaş va qayta tayyorlaş, ularning malakasini oşiriş hamda sohada tajriba-konstruktorlik va ilmiy izlanişlar kölamini kengaytiriş dasturini tasdiqlaş belgilangan.
Qaror loyihasi bilan tasdiqlangan dasturda mis sanoati klasteri uçun kadrlar tayyorlaşning quyidagi bosqiçlarda:
- mis sanoati klasteri uçun oliy ma'lumotli muhandis-texnologlarni tayyorlaş;
- mis sanoati klasteri uçun örta böğin mutaxassis kadrlarni tayyorlaş;
- mis sanoati klasteri uçun tayyorlanadigan mutaxassislarning sohaga oid korxonalarda amaliyot ötaşini taşkil etiş;
- mis sanoati klasteri mutaxassislarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş;
- mis sanoati sohasiga tajriba-konstruktorlik va ilmiy izlanişlar kölamini kengaytiriş tizimi joriy etiladi.
Qayd etilişiça, qaror loyihasi qabul qilinişi natijasida mamlakatda mis sanoati klasteri uçun kadrlar tayyorlaş va qayta tayyorlaş, ular malakasini oşiriş hamda sohada tajriba-konstruktorlik va ilmiy izlanişlar kölamini kengaytiriş tizimining huquqiy asoslari yaratiladi hamda mazkur sohada mehnat bozori ehtiyojlari asosida kadrlar tayyorlaşning yangi tizimi joriy etiladi.












