Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Urganç şahar bölimi hamda DXX Xorazm viloyat boşqarmasi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda firibgarlik jinoyati bilan boğliq holat foş etildi.
Jumladan, fuqaro D.Yu. boşqa fuqaroga tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullaniş uçun Urganç şahar hududida tanişining nomida bölgan 2 sotix yer maydonini 30 ming AQŞ dollari evaziga tanişlari orqali rasmiylaştirib, olib berişini va'da qilib, oldindan 20 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.












