Toşkent şahrining Yunusobod tumanidagi KHAY köçasi böylab harakatlanib kelayotgan Spark piyodani urib yubordi. Bu haqda Toşkent şahar IIBB ma'lum qildi.
Joriy yilning 31 oktyabr kuni soat 18:30 larda Yunusobod tumanidagi KHAY köçasi böylab harakatlanib kelayotgan Spark rusumli avtomaşina haydovçisi 26 yoşli H.H. tartibga solinmagan piyodalar yölagidan ötayotgan 65 yoşli T.U.ni urib yubordi.
Yöl-transport hodisasi oqibatida T.U. olgan tan jarohatlari sababli kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş”) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Avvalroq, Toşkentda Spark piyodalar yölagidan ötayotgan fuqaroni urib yuborgani xabar qilingan edi.











