Joriy yilning 30 sentabr kuni imzolangan «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat töğrisida»gi qonunga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida»gi qonun bilan harbiy xizmatçilarning moddiy javobgarligi va fuqarolarni harbiy xizmatga çaqirişga doir bir qança özgartirişlar kiritildi. Mudofaa vazirligi boşqarmasi boşliği Uluğbek Qodirovga köra, mazkur qonun bilan quyidagi yönalişlar böyiça özgartirişlar kiritilgan:
- fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatlarga çaqiriş, safarbarlik çaqiruvi rezervidagi xizmatga oliş işlarini taşkil etadigan çaqiruvni ötkaziş böyiça komissiyalar tarkibi va faoliyati tartibi belgilandi;
- safarbarlik çaqiruvi rezervidagi xizmatga ötgan fuqarolar oylik harbiy yiğinlarni ötaganlaridan söng Qurolli Kuçlar rezerviga ötkazilişi belgilandi;
- fuqarolarni çaqiruv uçastkalarida qayd etiş işlari ular umumiy örta, örta maxsus yoki boşlanğiç professional ta'lim muassasalaridagi oxirgi öqiş yilining oktabr-noyabr oylarida amalga oşirilişi belgilandi;
- mehnatga qobiliyatsiz, ya'ni nafaqada yoki nogiron bölgan ota-onaning yolğiz öğli bölib, ularni boqişi lozim bölgan mehnatga qobiliyatli voyaga yetgan boşqa öğli bölmasa, uşbu çaqiriluvçi muddatli harbiy xizmatga çaqirilmasligi belgilangan. Uşbu çaqiriluvçilar özi va ota-onasining (ularning örnini bosuvçi şaxslarning) roziliklari bilan çaqiriliş muddatini keçiktirmasdan harbiy xizmatga çaqirilişlari mumkin.
Bundan taşqari, qonunga barça toifadagi harbiy xizmatçilarning moddiy javobgarligini belgilaşga doir qöşimça 5 ta modda kiritildi.
Unga köra, harbiy xizmatçilar, oliy harbiy ta'lim muassasalarining kursantlari (tinglovçilari), harbiy yiğinlarga çaqirilgan harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik çaqiruvi rezervidagi xizmatni ötayotgan şaxslar harbiy xizmat majburiyatlarini bajariş çoğida harbiy mol-mulkka – Qurolli Kuçlar tasarrufidagi harbiy obektlarga, binolar va inşootlarga, qurol-yaroğ va öq-dorilar, jangovar va boşqa texnika, özga moddiy-texnik vositalar va pul mablağlariga yetkazilgan töğridan töğri haqiqiy zarar uçun moddiy javobgarlikka tortiladi.
Lekin yuqorida qayd etilgan harbiy xizmatçilar agar komandirning, boşliqning buyruğini bajarişi yoxud asosli xizmat yoki xöjalik tavakkalçiligi yoki boşqa qonuniy harakatlari natijasida zarar yetkazgan bölsa – moddiy javobgar bölmaydi.
Harbiy xizmat majburiyatlarini bajarmayotgan paytda moddiy zarar yetkazgan harbiy xizmatçilar fuqarolik qonunçiligiga muvofiq javobgar böladi.
Şuningdek, harbiy xizmatçilar öz aybi bilan harbiy mol-mulkni talon-toroj qilgan, kamomadga yöl qöygan, behuda sarflagan, yöqotgan, qasddan yöq qilgan, şikastlagan, işdan çiqargan, qonunga xilof ravişda sarflagan hollarda yetkazilgan zarar uçun yoki qasddan sodir etilgan boşqa xatti-harakatlari tufayli yetkazilgan zarar uçun, ularda jinoyat qonunçiligida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi alomatlari borligidan qat'i nazar, moddiy javobgar böladi.
Şuningdek, xizmatçilarni qonunga xilof ravişda işdan böşatişda yoki boşqa işga ötkazişda aybdor bölgan komandirlar yoki sudning işga tiklaş töğrisidagi qarorini bajarişni asossiz ravişda keçiktirgan rahbarlar ham yetkazilgan moddiy zararning örnini davlatga qoplab beradi.
Zararning kelib çiqişi sabablarini, miqdorini va aybdor şaxslarni aniqlaş uçun belgilangan tartibda tergovga qadar tekşiruvni yoki xizmat tekşiruvini ötkazadi.
Aniqlangan zarar unga aybdor bölgan harbiy xizmatçi rezervga böşatilganidan yoki iste'foga çiqarilganidan qat'i nazar, aniqlangan kundan e'tiboran uç yil içida moddiy javobgarlikka tortiladi.












