Kursk oblastida, Ukraina Qurolli kuçlari (UQK)ning hujumi boşlanganidan söng, uşbu mintaqada kamida 13 nafar rossiyalik muddatli harbiy xizmatçi halok böldi. Bu haqda 14 noyabr, payşanba kuni OAV xabarlari va ijtimoiy tarmoqlarda çop etilgan nekrologlarga asoslanib, «Verstka» naşri yozdi.

Naşr ma’lumotlariga köra, halok bölgan harbiy xizmatçilarning örtaça yoşi - 20 yoş, eng kiçigi 18 yoşda bölgan. Halok bölganlarning barçasi turli mintaqalardan: Oltoy va Krasnodar ölkasidan, Boşqirdiston va Udmurtiston respublikalaridan, şuningdek, Belgorod, Vologda, Leningrad, Penza, Pskov, Rostov, Sverdlovsk, Çelyabinsk va Yaroslavl oblastlaridan.

UQKning Kursk oblastidagi hujumi

Ukraina Qurolli kuçlari 6 avgust kuni Rossiya Federatsiyasining Kursk oblasti hududiga hujum boşladi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bu operatsiyani Rossiya hududida «bufer zona» yaratiş zarurati bilan asosladi. Uning fikriça, Ukraina qöşinlarining Kursk oblastiga kirişi Rossiya Federatsiyasining rejalaştirilgan hujum operatsiyalarini töxtatdi, uning maqsadi Ukraina şimoli-şarqidagi faol harbiy harakatlar zonasini kengaytiriş edi. 9 avgustdan Belgorod, Bryansk va Kursk oblastlarida «aksilterror operatsiyasi» rejimi joriy etilgan.

Sentyabr oyida Rossiya Qurolli kuçlari mintaqada qarşi hujum boşladi. Bloomberg yozganidek, Rossiya Mudofaa vazirligi Donbassdagi front çiziğidan qöşinlarni Kursk oblastiga ötkazmaslikka, balki bu operatsiyaga muddatli harbiy xizmatçilarni jalb etişga qaror qildi. Ommaviy axborot vositalari mintaqada önlab muddatli harbiy xizmatçilarning bedarak yöqolgani haqida xabar bermoqda.

Kursk oblasti sobiq rahbari RF harbiylari talonçilik qilganini tan oldi

Yaqin vaqtgaça Kursk oblasti gubernatori lavozimida işlab kelgan Rossiya transport vaziri Roman Starovoyt bu hududda rossiyalik harbiylar tomonidan talon-toroj qiliş holatlari qayd etilganini tasdiqladi. «Tinç aholi va harbiy xizmatçilar orasida talonçilik faktlari bor», dedi Starovoyt Gluşkovo rayoni aholisi bilan uçraşuvda, uning videosi 14 noyabr kuni «Kursk seyças» Telegram-kanalida e’lon qilingan.

Starovoyt ma’lumotlariga köra, Gluşkovo rayonidagi qişloqlarda davom etayotgan janglar paytida aholi taşlab ketgan uylarni talon-toroj etiş holatlari bir kun avval huquq-tartibot idoralari bilan uçraşuvda muhokama qilingan. Bu sözlardan söng zalda qarsaklar yangradi.