Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida 2 noyabr kuni aholini uy-joy bilan ta'minlaş hamda yaşil maydonlarni kengaytiriş çora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yiğilişi ötkazildi.
«Bu ikki masala ham Şavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturida belgilangan muhim vazifalardan. Xalq bilan uçraşuvlarda davlatimiz rahbari inson qadrini uluğlaş, munosib turmuş şaroitlari yaratiş asosiy maqsad bölişini aytgan edi. Bularning boş omili esa, avvalo, uyli böliş, obod va fayzli yaşaşdir», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Yiğilişda şu boradagi bunyodkorlik işlarining taşkiliy, moliyaviy jihatlari muhokama qilindi.
Prezident «Yangi Özbekiston» massivlari kompleks rivojlaniş tamoyili asosida barpo etilişi kerakligini ta'kidladi.
Ya'ni, har bir massivda sanoat loyihalari, xizmat körsatiş obektlari va ijtimoiy infratuzilma bir vaqtda quriladi. U yerda odamlar ham uyli, ham işli böladi. Kelgusi yili Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda 40 ta şunday zamonaviy mavze barpo etiş möljallangan.
«Bağdod tumanidagi yangi massivni kördingiz. Loyiha tayyor, endi tajriba ham bor. Faqat şu loyihani har bir hududga moslaştiriş kerak. Oçiq tanlov ötkaziş juda muhim. Oçiqlik, halollik bölsa, sifat böladi, xalq oldida yuzingiz yoruğ böladi», – dedi prezident mutasaddilarga.

Quriliş vazirligiga viloyat hokimlari bilan birga, har bir hududda yer maydonlarini aniqlab, ularning boş rejasini işlab çiqiş böyiça topşiriqlar berildi.
Davlat rahbari ehtiyojmand oilalarga kömaklaşiş, boşlanğiç badal va foizlar böyiça subsidiya beriş muhimligini ta'kidladi.
Kelgusi yili yangi massivlarda quriladigan uylarning mingtasi ehtiyojmand oilalar va yolğiz ayollar uçun davlat tomonidan sotib olinadi. Buning uçun, quriliş taşkilotlariga 220 milliard söm oldindan ötkazib beriladi.
Yiğilişda «Yaşil makon» umummilliy loyihasini amalga oşiriş çora-tadbirlari ham körib çiqildi. Bu loyiha doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta köçatlarini ekiş, şu orqali şaharlardagi yaşil maydonlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oşiriş rejalaştirilgan.
«Şunça yillarda “qoğozda” ekilgan daraxtlarni hisoblasa, Özbekistonda böş joy qolmasligi kerak edi. Tizim, qarov bölmagani uçun ekilganining ham köpi qurib ketdi. Bugungi va kelgusidagi ekologik vaziyatni inobatga olib, daraxt ekişni davlat siyosati darajasiga kötarayapmiz. Şuning uçun bu umummilliy loyihani puxta tayyorgarlik bilan, puli, egasi, suğoriş tizimi bilan amalga oşiriş kerak», – dedi Şavkat Mirziyoyev.









