9-noyabr kuni bölib ötayotgan muloqotda davlat rahbari elektrotexnika sanoatidagi navbatdagi vazifa faqat işlab çiqariş quvvatlarini köpaytiriş emas, balki katta texnologik sakraşga erişiş ekanini taʼkidladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov xabar berdi.

Xususan, 2030-yilgaça mamlakatda energiya saqlaş quvvatlarini 4,5 gigavattga yetkaziş rejalaştirilgan. Xorijlik hamkorlar uşbu loyihalarda mahalliy mahsulotlardan foydalanişga tayyor, biroq ular uçun zarur bölgan ayrim uskunalar hozirça Özbekistonda işlab çiqarilmaydi.

Şuningdek, mamlakatda videokuzatuv uskunalariga talab ortib borayotgani qayd etildi. Savdo majmualari, korxonalar, turar joylar va köçalar uçun bunday uskunalarga içki bozordagi yillik ehtiyoj 200 million dollarga yetadi. Qöşni davlatlar bozori bilan birgalikda esa bu körsatkiç 600 million dollardan oşadi.

Hozirda Buxorodagi Digital Security va Samarqanddagi Samvision korxonalari öz dasturiy taʼminoti asosida yiliga 2 mingta kamera işlab çiqarmoqda. Prezident bunday loyihalar sonini köpaytiriş zarurligini taʼkidladi.

Bankomatlar importi 50 million dollardan oşgan

Muloqotda içki bozorda bankomatlarga bölgan yuqori talabga ham eʼtibor qaratildi.

Maʼlum qilinişiça, 2025-yilda Özbekistonda 9 mingta bankomat xarid qilingan va 50 million dollardan ortiq qiymatdagi mahsulot import qilingan.

Savdo-köngiloçar majmualar va yangi turar joy massivlari köpayişi bilan bankomatlarga ehtiyoj yanada ortişi kutilmoqda.

Şu munosabat bilan prezident bankomatlarga bölgan talabni aniq hisob-kitob qiliş, zarur texnologiyalar va investorlarni jalb etiş orqali ularni Özbekistonda işlab çiqarişni yölga qöyiş imkoniyatlarini örganiş vazifasini qöydi.

Bundan taşqari, hududlarda boşqa yuqori texnologiyali mahsulotlarni işlab çiqariş imkoniyatlari ham körsatib ötildi.

Jumladan:

  • Toşkent viloyatida - energiya batareyalari va elektronika uçun yupqa mis folgasi;

  • Jizzaxda - elektromobillar uçun invertorlar va zaryadlaş qurilmalari;