Bu haqda 9-noyabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyevning elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar hamda investorlar bilan muloqotida maʼlum qilindi. Tafsilotlarni prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov eʼlon qildi.
Qayd etilişiça, elektrotexnika va unga boğliq yangi sanoat tarmoqlari oltita asosiy yönalişda rivojlantiriladi.
Jumladan:
Kabel sanoatida - 2,5 milliard dollarlik 41 ta loyiha;
Transformatorlar va nasoslar işlab çiqarişda - 1,4 milliard dollarlik 29 ta loyiha;
Sanoat robototexnikasi va uskunasozlikda - 3 milliard dollarlik 45 ta loyiha;
Transport va elektromobillar uçun elektrotexnika mahsulotlari işlab çiqarişda - 650 million dollarlik 9 ta loyiha;
Elektron komponentlar va mikroelektronikada - 3,5 milliard dollarlik 21 ta loyiha;
Maişiy texnika sanoatida - 600 million dollarlik 19 ta loyiha amalga oşirilişi közda tutilgan.
Har bir yönalişga masʼul rahbarlar va asosiy buyurtmaçilar biriktiriladi. Ularga tayanç investorlarni jalb qiliş, ilmiy markazlar hamda texnika oliygohlari bilan hamkorlikni yölga qöyiş vazifasi yuklatildi.
Har bir hududda yangi texnologiyalar sinov maydonçasi taşkil etiladi
Yiğilişda ilmiy tadqiqotlar va sanoat örtasidagi hamkorlikni kuçaytiriş masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi.
Şu maqsadda kelajak texnologiyalari böyiça tadqiqotçilarni sanoat korxonalari bilan boğlaydigan «Yangi sanoat» milliy platformasi işlab çiqiladi.
Şuningdek, 2027-yil 1-mayga qadar har bir hududda bittadan tadqiqot va işlanmalar (R&D) markazi yoki texnoparkni yangi sanoat yönalişlariga moslaştiriş orqali mahsulotlarni sinovdan ötkaziş maydonçasini taşkil etiş vazifasi belgilandi.
Mazkur maydonçalar yirik korxonalar va kiçik tadbirkorlar örtasidagi işlab çiqariş kooperatsiyasini mustahkamlaşga xizmat qiladi.








