Bugun, 5 noyabr kuni OFK kubogi finalida Qarşining «Nasaf» jamoasi safarda Bahraynning «Al Muharraq» klubiga qarşi saf tortadi. Röziqul Berdiyev jamoasi hal qiluvçi öyinda 10 yil avvalgi tarixni takrorlaş imkoniyatiga ega. Final oldi öyin prevyusida jamoalarning uşbu bosqiçga qadar qanday yetib kelgani, öyinçilarning transfer baholari va finalning «Nasaf» uçun qay daraja muhimligi haqida söz boradi.
VAR, Norçayev uçun sovrin va oltin medallar
Finaldan bir kun avval Muharraqdagi stadionda taşkiliy işlar olib borilib, bahsga tayyorgarlik körildi. Stadionda VAR tizimi örnatildi va turnirda ilk marta hakamlar bu tizimdan foydalanişi kutilmoqda.

Şuningdek, OFK kubogi töpurari va ğoliblariga topşiriladigan medal va sovrinlar ham tayyorlab qöyilgan. Qayd etiş joiz, 7ta gol bilan musobaqaning eng yaxşi goleadori bölib turgan «Nasaf» forvardi Husayn Norçayev katta ehtimol bilan eng yaxşi töpurar sovriniga ega çiqadi. Sababi raqib jamoa safida töpurarlar poygasida iştirok etayotgan futbolçi yöq.
Bahrayndagi öyinga Özbekistondan kimlar bormagan?
«Nasaf» jamoasi 3 noyabr kuni Qarşidan charter reys bilan poytaxt Manamaga uçib bordi. Şu kuni jamoa a'zolaridan taşqari, ÖFA birinçi vitse-prezidenti Ravşan Ermatov, PFL direktori Diyor Imomxöjayev va federatsiya rasmiylari Bahraynga jönagan. 50 nafardan ortiq muxlislar, OAV vakillari ham Bahraynga yöl olişi rejalaştirilgandi. Ammo uşbu mamlakat viza bermagani uçun finalga faqat jamoa vakillari va rasmiylar yöl olgan.

Uşbu bahsda jarohati sababli Abduvohid Ne'matov va Husniddin Aliqulov qarşiliklarga yordam bera olmaydi.
«Nasaf» pley-offlar orqali, «Al Muharraq» Raşidov jamoasini mağlub etib, finalga çiqdi
Koronavirus pandemiyasi sababli yuzaga kelgan turli muammolar OFK kubogi formatiga ham ta'sir qildi. «Nasaf» guruh bosqiçi ğolibi sifatida dastlab Markaziy Osiyo mintaqasi finalida «Ahal»ni mağlub etgan bölsa, söng mintaqalararo yarimfinali doirasida «Mohun Bagan»dan ustun keldi va mintaqalararo finalda «Li Man»ni yutib, turnir finaliga çiqdi. E'tiborlisi, «Al Muharraq» şu kungaça özbek klublariga qarşi hali maydonga tuşmagan.

Bahrayning «Al Muharraq» klubi esa «Al Ansor» (Livan), «As-Salt» (Iordaniya) va «Markaz Balata» (Falastin) jamoalari joy olgan «V» guruhida 3 öyinda 6 oçko jamğarib, 1-örin bilan pley-offga çiqdi. Mintaqalararo yarimfinali doirasida «Al Muharraq» Livanning «Al Ahad» jamoasini turnirdan çiqarib (3:0) yuborgan bölsa, mintaqalararo finalda Sardor Raşidov faoliyat olib borayotgan «Kuvayt SK» jamoasi ustidan 2:0 hisobida ustun kelib OFK kubogi finaliga yöllanma oldi.
«Nasaf»ning turnirdagi sönggi öyinlari:
Pley-off. «Nasaf» - «Ahal» (Turkmaniston) – 3:2
Pley-off. «Nasaf» - «Mohun Bagan» (Hindiston) – 6:0
Yarimfinal. «Nasaf» - «Li Man» (Hongkong) – 3:2
«Al Muharraq»ning turnirdagi sönggi öyinlari:
Pley-off. «Al Muharraq» - «Al Ahad» (Livan) – 3:0
Yarimfinal. «Al Muharraq» - «Kuvayt SK» (Kuvayt) – 2:0
«Nasaf»dan 4 baravar arzon jamoa
Transfermarkt portali har ikki jamoaning transfer baholarini keltirgan. «Nasaf» ayni pallada raqibidan nafaqat natija yoki öyin jihatdan, balki umumiy qiymati böyiça ham qariyb 4 baravar qimmat. Turnirda Özbekiston şarafini himoya qilayotgan jamoaning umumiy transfer bahosi 7,13 million yevroga baholangan bölsa, «Al Muharraq»ning umumiy tarkibi ança arzon – 1,78 million yevroga narxlangan.

Qarşiliklar safidagi eng qimmat futbolçilar mahalliy öyinçilar bölsa, «Al Muharraq» tarkibidagi qimmatbaho öyinçilar legionerlardir. Röziqul Berdiyev qöl ostidagi milliy jamoaga nomzod öyinçilar – Eşmurodov, Ne'matov, Bozorov «Nasaf»ning eng qimmat öyinçilari bölişsa, raqib safida Iordaniya, Bahrayn va braziliyalik öyinçilar nisbatan qimmatroq.
«Nasaf» eng qimmat 3 futbolçisi:
Umar Eşmurodov – 600 ming yevro
Abduvohid Ne'matov – 600 ming yevro
Oybek Bozorov – 500 ming yevro
«Al Muharraq»ning eng qimmat 3 futbolçisi:
Nur Ar-Rajabdeh (Iordaniya) – 325 ming yevro
Volid Al Hayom (Bahrayn) – 250 ming yevro
Flavio Karioka (Braziliya) – 200 ming yevro
1,5 million dollarlik final
OFK kubogi reglamentiga binoan, Qarşi jamoasi hozirgi bosqiçgaça yetib kelib 750 ming AQŞ dollarini naqd qilgan.

Bugun turnir finalida «Nasaf» «Al Muharraq»ni mağlub etib, boş sovringa ega çiqsa, OFK tomonidan musobaqa ğolibi uçun ajratilgan 1,5 million AQŞ dollari miqdoridagi pul mukofoti Qarşi klubi hisob raqamiga ötkazib beriladi. Taqqoslaş uçun, hozirgi kursdagi 16 milliard sömdan ortiq uşbu mablağ – «Nasaf» jamoasining qariyb bir yillik budjetiga teng mablağdir.
Finalni koreyalik hakamlar boşqaradi
OFK Bahraynda ötadigan final bahsini koreyalik hakamlar brigadasiga işonib topşirdi.
Unga köra, Ko Xyong Jin boş hakam sifatida işlasa, unga qanotlarda Yun Jae Yyeol va Park Sang Jun yordam beradi. Uşbu bahsda turnirda ilk marta VAR tizimidan foydalaniş rejalaştirilgan.
«Nasaf» turnirda 10 yildan buyon mağlub bölmayapti
Qarşi jamoasi OFK kubogi joriy mavsumida faqat ğalaba qozonmoqda. «Nasaf» uşbu turnirda sönggi marta 2011 yilgi mavsumda Tailandning «Çonburi» klubiga öyinning asosiy vaqtida mağlub bölgan (0:1) va dastlabki uçraşuvda xuddi şu hisobda yutgani bois, penaltilar seriyasida raqibdan ustun kelgan. Yakunda esa «ajdarlar» turnir ğolibiga aylanişgan edi. 10 yil ötib, «Nasaf» öşa sovrinni yana Özbekistonga qaytariş uçun yaxşi imkoniyatga ega. Bu borada Röziqul Berdiyev murabbiyligidagi jamoaga omad va zafarlar tilab qolamiz.

Anons. OFK kubogi-2021. Final
5 noyabr (juma). Bahrayn, «Muharraq» stadioni.
«Al Muharraq» (Bahrayn) - «Nasaf» (Özbekiston)
Hakam: Ko Xyong Jin (Janubiy Koreya).
Öyin boşlaniş vaqti: 21:00
TV-translatsiya: FutbolTV.
Usmon Ibodov












