Ğarbning Eron işlariga aralaşuvi ötgan asrning 50-yillarida boşlangandi. 1951 yilda Eronda hukumat almaşadi, boş vazir lavozimiga Yevropa ta'limini körgan, Eron manfaatlarini közlovçi Muhammad Musaddiq saylanadi. U Eronning neft zaxiralarini milliylaştiriş siyosatini boşlaydi. Bungaça mamlakatdan topilgan neft zaxiralari AQŞ va Buyuk Britaniya korporatsiyalari nazorati ostida edi.

Muhammad Musaddiq / Getty images

10 million dollar evaziga Eron neft zaxirasining 80 foizi

Muhammad Musaddiq siyosati AQŞ va Britaniyaning Erondagi aralaşuvini çeklaşga qaratildi. Bunga javoban AQŞ Strategik xizmatlar boşqarmasi va Britaniya Razvedka xizmati boş vazirni hokimiyatdan ağdariş va uning örniga Ğarb manfaatlariga töğri keladigan odamni qöyiş rejasini tuzişga kirişdi. Natijada 1953 yilda Muhammad Musaddiq hukumatdan ketib, yangi hukumat tuziladi.

Eronning yangi rahbari qirol oilasi vakili Muhammad Rizo Şoh Pahlaviy böldi. Şoh Pahlaviy konservator bölib, mamlakatda kommunizm yoyilişiga qarşi ğarbparast hukmdor edi. U 10 million dollarga Eron zaxirasidagi 80 foiz neftni AQŞ va Britaniyaga pullaydi. Bu esa aholining juda qattiq noroziligiga sabab böladi. Muhammad Rizo hokimiyatga kelişi ortidan AQŞning Eron işlariga aralaşuvi kuçaydi, mamlakatda oddiy aholiga jabr-zulm qiliş köpaydi, maxfiy politsiya vakillari minglab odamlarni qatl qilişga kirişib ketdi.

Getty images

Talabalar ğazabiga sabab bölgan voqea

Öşa paytda iqtisodiy jihatdan qiynalayotgan Eronning Amerikada işlab çiqarilgan qurollarga milliardlab dollar sarflaşi mamlakatga oğirlik qildi. Muhammad Rizo siyosatidan töyib ketgan eronliklar yangi rahnamoga ergaşişga qaror qiladi. Bu paytda maydonga oyatulloh Ruhulloh Humayniy kirib keldi. U Eronni AQŞ ta'siridan olib çiqişni maqsad qilgandi.

1979 yilning iyulida inqilobçilar Muhammad Rizoni hukumatdan ağdardi, şoh Misrga qoçib ketadi. Oyatulloh esa Eronda harbiy islom hukumatini örnatişga erişadi.

CNN

Bu paytda AQŞda Jimmi Karter prezident edi. Muhammad Rizoning Erondagi zulmidan xabardor bölgan Qöşma Ştatlar prezidenti uni AQŞga kiritişni xuşlamadi. Karter bu AQŞ va Eron munosabatlariga ta'sir qilişidan xavotirda edi. Saratonga çalingan Muhammad Rizoga davolaniş uçungina Amerikaga kirişga ruxsat berildi. Lekin şu ham oyatulloh tarafdorlarining AQŞ elçixonasiga hujumi uçun turtki böldi.

Oyatullohning hokimiyatga kelişi

Muhammad Rizo AQŞga kiritilgan kun, 4 noyabrda oyatullohning talabalardan iborat tarafdorlari AQŞning Erondagi elçixonasiga bostirib kirib, 66 kişini garovga olişdi. Ularning köpi AQŞ diplomatlari edi. Biroz vaqtdan keyin 13 ayol va bir bemor garovdan ozod qilindi. Qolgan 52 kişi 1981 yilgaça garovda tutib turiladi.

Talabalar namoyişi Muhammad Rizoning AQŞga kiritilgani fonida yuz bergan bölsa-da, bundan maqsad – mamlakat taşqi işlariga Amerika aralaşuvini töxtatiş edi. Şu bilan birga, inqilob yetakçisi, anti-amerikaçi oyatulloh Humayniyning Eron içki va taşqi siyosatida mavqeyini kötariş ham kerak edi.

AP

Garovga olinganlarga jiddiy jarohat yetmagan, ammo ular yaxşigina tahqirlangan. Diplomatlar közlari boğlangan holda telekamera va olomon oldiga olib çiqilgan. Ularga gapiriş va öqiş taqiqlangan, kiyimlarini almaştirişga ham kamdan kam hollarda ruxsat berilgan.

“Kanadaça suriş”

Tehrondagi AQŞ elçixonasiga hujum paytida 6 nafar amerikalik diplomat kanadalik hamkasbi Jon Şirdaunning uyida yaşirinişgan. Va uning yordami bilan Kanada pasportini olib, çiqib ketişgan. Bu voqea tarixda “kanadaça suriş” nomi bilan qoldi. 1981 yilda suratga olingan “Erondan qoçiş: Kanadaça suriş” filmida ularning jasorati haqida hikoya qilinadi.

Muvaffaqiyatsiz “Burgut panjasi”

U.S. Army airborne and special operations museum

Prezident Karter garovda qolgan amerikaliklarni qutqarişga kirişadi. 1980 yil aprel oyida "Burgut panjasi" deb nomlanuvçi xavfli harbiy qutqaruv missiyasini boşlaşga buyruq beriladi. Bunda Tehrondagi AQŞ elçixonasi binosiga puxta tayyorlangan qutqaruv guruhi borişi kerak edi.

Amaliyot rejasiga köra, «Delta» spetsnazi guruhi zarbdor samolyotlar va yonilği quyuvçi samolyotlar hamrohligidagi vertolyotlarda Eron markazidagi sahroga yetib borişi kerak edi. Bu vaqtda boşqa guruh Tehrondan uzoq bölmagan masofada qarovsiz qoldirilgan aerodromni egallab, uni uşlab turişi közda tutilgandi. Keyingi kuni maxsus topşiriqli kuçlar sahrodan avtomobillarda Tehrondagi elçixonaga yetib borişi, qöriqçilarni yöq qilişi va u yerdagi amerikaliklar bilan birga şu vaqtda yordamga kelişi kerak bölgan vertolyotlarga çiqib, egallab olingan aerodromga yetib olişi, u yerdan operatsiyaning barça iştirokçilari AQŞning dösti bölgan Misrda joylaşgan maxfiy bazaga evakuatsiya qilinişi rejalaştirilgandi.

AQŞning öşa vaqtdagi davlat kotibi Vens bu operatsiya ötkazilişiga qarşi çiqadi, ammo uning pozitsiyasi prezident tomonidan ma'qullanmaydi va Vens öz ixtiyoriga köra iste'foga çiqadi.

Operatsiya avvalboşdan muvaffaqiyatsizlikka uçraydi, bunga asosan harbiylar va maxsus topşiriqli guruhning noprofessionalligi, sahrodagi böron va texnikalardagi nosozliklar sabab böladi. Amaliyot muvaffaqiyatli ötkazilişi uçun kamida törtta transport samolyoti zarur edi.

Topşiriq uçun yöl olgan sakkiz vertolyotdan biri aviataşuvçidan kötarilişi bilanoq texnik nosozlik tufayli suvga qulab tuşadi, yana biri böronga uçrab, ortga qaytadi. Faqat olti vertolyot sahrodagi birinçi vaqtinça bazaga yetib boradi (britaniyaliklarning taşlab ketilgan aerodromi). Qöniş uçun tanlangan joy, razvedka ma'lumotlariga ters ölaroq, serqatnov şosse böyi bölib çiqadi, natijada, operatsiyani darhol payqab qolişadi. Maxsus topşiriqli guruh jangçilari şaharlararo qatnovçi avtobusning yölini tösişadi, yöldan ötayotgan benzovozni portlatişadi, uning yölovçisi halok böladi, haydovçisi ötkinçi maşinaga çiqib qoçib ketadi.

Bazaga yetib borgan vertolyotlardan birida gidravlika bilan muammo çiqadi. Vertolyotlardan biri yonilği quyiş çoğida yonilği taşuvçi samolyot bilan töqnaşib ketadi, yonğin yuzaga kelib, ikki texnika ekipaji - sakkiz kişi halok böladi, şundan söng amaliyot töxtatiladi va guruhlarga Eronni tark etiş buyuriladi. Natijada barça vertolyotlar (keyinroq ularga Eron armiyasi ega çiqadi), halok bölgan uçuvçilar va ekipajning boşqa a'zolarining jasadlari, amaliyotni ötkaziş böyiça hujjatlar hamda radiokodlar kitoblari sahroda qoldiriladi. Omon qolganlar samolyotlar orqali evakuatsiya qilinadi, operatsiya butunlay barbod böladi.

Baxtli tasodif: Reygan inauguratsiyasidan bir neça soat ötib garovdagilar ozod qilindi

1980 yil AQŞda prezidentlik saylovlari boşlaniş arafasida edi. Jimmi Karterning Eron borasidagi muvaffaqiyatsiz siyosati saylov natijalariga salbiy ta'sir qilmay qolmadi. Eron muammosining hal bölmagani Karterga zaif va samarasiz rahbar tamğasini bosdi. Saylovlarda respublikaçi nomzod, Kaliforniyaning sobiq gubernatori Ronald Reygan ğalaba qildi.

Foto: U. S. Air Force

1981 yil 21 yanvarda, Ronald Reygan inauguratsiyasidan bir neça soat ötgaç, Tehrondagi garovga olinganlar ozod qilinadi. Reyganning saylovoldi ştabi garovga olinganlar saylovdan oldin ozod qilinmasligi böyiça Eron bilan bitim tuzgani haqida miş-mişlar bor. Biroq Reygan bu da'volarni doimo rad etib kelgan.