Yoş fermer qiz 23 yoşida otasidan fermerlikni qabul qilib oladi. Öşanda ularning 60 gektar yeri bor edi. Hozir yer maydonlari 130 gektarni taşkil qiladi. Ekin maydonida asosan paxta va ğalla yetiştiriladi.

Venera Ibragimovaning yoşligi Toşkentda ötgan. Şunga qaramay yerga mehri sohaga kirib kelişiga sabab bölgan.

«Dadam insult bölib qolganda, işni boşlaganimning birinçi yili juda qiynaldim. U paytlarda ukam yoş edi. Men şaharda ösgan qiz edim. Öşanda onam menga dalda berdi: «Senga işonamiz, sen şu işni qila olasan», dedilar. Birinçi-ikkinçi yili juda qiynaldik. Yerdan kuç olib, Xudoga şukur hozirgi kunga yetib keldik», — deydi, yoş fermer qiz.

U xöjalikda traktorçilikni ham, tarozibonlikni ham, oddiy işçi vazifasini ham qilib ketaveradi.

«Boşida traktorçilardan biroz qiynalganman. «Bugun haydab bering, pul beraman desam» ham, «hozir vaqtim yöq», deya rad etişardi. Yoki «100 ming beraman», desam, 200 ming söm söraşardi. Oxiri özimga özim «Buni qiz bolaning işi emas, yigitlar şuğulladigan kasb», degan joyi yöq. Özimning ham qölimdan keladi. Qani, bir haydab köray-çi, dedim. Onam «haydama bolam, bahaybat traktorni boşqara olmay urib olasan yoki ağdarasan», dedi. Ağdarsam ham, baribir haydayman, oxiri örganaman, dedim va niyatimga yetdim», — deya, boşidan keçirganlarini aytadi Venera Ibragimova.

Venera Ibragimova joriy yilda öz oldiga reja qilib qöygan 150 tonna paxta xirmonini ortiği bilan töpladi. Hozir yoş fermer qizning yillik daromadi 250–300 mln sömni taşkil qiladi. U öz sohasida eng yuqori çöqqilarga çiqmoqçi. Xöjalikni köp tarmoqli qilib, köproq odamni iş bilan ta'minlaş niyatida.

Şuhrat Saidahmadov, Kun.uz muxbiri.

Montaj ustasi: Abdusalim Abduvohidov.