2021 yilning mart oyida Xalq ta'limi sohasi xodimlari malakasini oşiriş yangi tizimda amalga oşirilişi belgilangan edi. Abdulla Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ötkazilgan “Xalq ta'limi xodimlarini kasbiy rivojlantiriş: erişilgan yutuqlar va istiqboldagi rejalar” mavzusidagi seminarda ma'lum qilinişiça, yangi platformada mart oyidan buyon platformada 50 mingdan ziyod pedagog-öqituvçilar malaka oşirgan.

Yiğilişda UNICEF bilan hamkorlikda olib borilgan loyihalar natijalari tahlil qilindi. Unda Xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov, UNICEFning Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade, Jahon Banki, UNESCO, AQŞning RTI xalqaro tadqiqot taşkiloti, Yaponiya xalqaro hamkorlik taşkiloti, Britaniya kengaşi, Osiyo taraqqiyot banki vakillari iştirok etdi.

“Xalqaro taşkilotlar bilan birgalikda yaratilgan loyihalarimizdan biri sifatida “Uzluksiz kasbiy ta'lim” platformasi va Xalqaro baholaş dasturlariga tayyorgarlikni aytiş mumkin. Xalq ta'limi tizimi xodimlarining har yili özlari istagan paytda, onlayn tarzda malaka oşirişlari katta yangilik hisoblanadi. Olib borilgan işlar, sa'y-harakatlar natijasida bugungi kunda platformada 50 mingdan ziyod pedagog-öqituvçi malaka oşirdi.

Platformadagi kontent har yili yangilanadi. Bu degani har yili öqituvçi yangi bilim va ma'lumotlarga ega böladi. Avvalgidek, beş yillik malaka ma'lumoti bilan dars beriş hozirgi davr talabiga javob bermaydi”, deydi Abdulla Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti rektori Ayubxon Radjiyev.

Tadbirda Osiyo Taraqqiyot banki bilan hamkorlikda STEM ta'limini qöllab-quvvatlaş va tarğib qiliş maqsadida maktab rahbarlarining salohiyatini oşiriş masalalari ham muhokama qilindi. Ta'kidlanişiça, STEM ta'limini joriy etiş va qişloq joylarda öqituvçilar yetişmasligi yuzasidan çora-tadbirlar işlab çiqiladi.












