Dastlabki ma'lumotlarga köra, voqea yuz bergan vaqtda konda 64 işçi bölgan, ulardan 56 nafari mustaqil ravişda taşqariga çiqa olgan. Qolgan 8 konçi gaz otilişi yuz bergan 3-K10 zaboyida bölgan.
Xabar qilinişiça, metanning ventilyatsiya ştrekida otilişi yuz bergani haqidagi xabar qutqaruvçilarga mahalliy vaqt bilan 9:30 da kelib tuşgan.
Halok bölgan konçilar jasadi soat 12:37 da taşqariga çiqarilgan. Jarohatlangan 2 konçi oğir ahvolda şifoxonaga yetkazilgan.
Voqea sabablari va tafsilotlari aniqlaştirilmoqda. Kondagi işlar töxtatilgan.
Qozoğiston boş vaziri Askar Mamin topşiriği bilan voqea joyiga favqulodda vaziyatlar vaziri Yuriy Ilin boşçiligidagi komissiya yöl olgan.












